O‘zbekistonda yana bir dori vositasi muomaladan qaytarib olinmoqda
«Tutukon Neo» preparati kerakli talablarni buzgan holda ishlab chiqarilgani aniqlangan. Mazkur dori vositasi buyraklar yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llanadi. Vakolatli organ preparatning O‘zbekistonga kirib kelgan 19 ta seriyasi muomaladan qaytarib olinayotganini ma’lum qildi.
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi «Tutukon Neo ichish uchun eritma 250 ml» dori preparatidan ogoh bo‘lishga chaqirdi.
Ispaniyadagi Dori vositalari va tibbiy buyumlar agentligi (AEMPS) qaroriga binoan, Ispaniyaning Labaratorio Miquel Y Garriga Inc, S.L. korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan «Tutukon Neo ichish uchun eritma 250 ml» (flakonlarda) dori preparati «Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)» talablari buzilgan holda ishlab chiqarilgani aniqlangan.
Shunga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi «Tutukon Neo» dori vositasining O‘zbekiston hududiga kirib kelgan 19 ta seriyasi (R-049, R-050, R-051, R-078, R-080, R-222, R-236, R-081, R-124, R-204, R-205, R-206, R-218, R-219, R-220, R-221, R-223, R-224, R-225) farmatsevtika bozoridan muomaladan qaytarib olinayotganini ma’lum qildi.
Ispaniyaning “Dori vositalari va tibbiy buyumlar agentligi” (AEMPS)nining tasnifiga ko‘ra, ushbu talablarning buzilishi bemor uchun jiddiy yoki hayotiy xavf tug‘dirmaydigan 2-sinf sifat nuqsoniga kiradi. “Bu borada yurtdoshlarimiz xavotirga tushmasliklarini so‘raymiz”, – deyiladi vakolatli organ bayonotida.
Ma’lumot uchun, mazkur dori vositasi buyraklar yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llanadi.
Mavzuga oid
14:00 / 04.10.2024
To‘rt hududda kuchli dori vositalari savdosi fosh etildi
23:11 / 27.09.2024
Hindistonda 50 dan ortiq dori-darmonlar sifatida muammo aniqlandi
18:24 / 21.09.2024
O‘zbekiston Polsha bilan farmatsevtika sohasida hamkorlik qiladi
13:30 / 17.09.2024