Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Pokiston yuqori texnologiyali dori ishlab chiqarishi mumkin
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida onkologiya hamda yurak-qon tomir kasalliklarini davolashga mo‘ljallangan yuqori texnologiyali dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Foto: “Dunyo” AA
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va Pokistonning sog‘liqni saqlash sohasidagi elchisi, The Searle Company Limited kompaniyasi direktori Said Nadim Ahmad o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, O‘zbekiston farmatsevtika bozorining investitsiyaviy jozibadorligi hamda xorijiy sarmoyalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar muhokama qilindi.
Pokiston tomoni O‘zbekistonda yurak-qon tomir, onkologik va metabolik kasalliklarni davolashga mo‘ljallangan yangi avlod dori vositalarini ishlab chiqaruvchi yuqori texnologiyali korxona tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini bildirdi.
Loyihani amalga oshirish doirasida ishlab chiqarish uchun eng maqbul hudud tanlanmoqda. Toshkent shahri Lahor va Ar-Riyod bilan bir qatorda ustuvor manzillardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Shuningdek, mazkur tashabbusga o‘nlab million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilinishi rejalashtirilgan. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish jarayoniga xalqaro konsalting kompaniyalari jalb etilgan.
Uchrashuv yakunida The Searle Company Limited kompaniyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Delegatsiya Toshkentda loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini joyida o‘rganadi.
Mavzuga oid
21:14 / 06.04.2026
Eron vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish taklifini rad etdi
00:22 / 06.04.2026
Pokiston qurolli kuchlari chegara postini egallashga uringan afg‘on askarlarini yo‘q qildi
21:12 / 04.04.2026
Xitoy va Pokiston Eron urushida vositachi bo‘lmoqchi. Ular nimani taklif qildi?
15:00 / 04.04.2026