Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Misr Port-Saidda qo‘shma sanoat kooperatsiyasi markazini tashkil etmoqchi
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Misr savdo va sanoat vaziri Ahmad Solih bilan videokonferensiya tarzida uchrashuv o‘tkazdi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va sanoat sohalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilishga bag‘ishlangan muzokaralar o‘tkazildi.
Suhbat chog‘ida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari, Port-Said shahrida to‘qimachilik, charm va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston korxonalarini joylashtirish uchun qo‘shma sanoat kooperatsiyasi va distributsiya markazini tashkil etish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi. Misr tomoni loyihalarni o‘z vaqtida samarali amalga oshirishga har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
Savdo-sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi ta’kidlandi. Ikki mamlakat o‘rtasida Sanoat kooperatsiyasi va savdoni rivojlantirish dasturini, Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimni kelishish va tasdiqlashni tezlashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni faollashtirishga kelishildi.
Ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida qo‘shma ishbilarmonlar kengashini tashkil etish va joriy yil yozida Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi doirasida Toshkent shahrida uning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish masalalari kelishib olindi.
Mavzuga oid
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
10:43 / 19.03.2026
Misrning yuzga yaqin dori vositasi O‘zbekistonda mahalliylashtiriladi
11:40 / 06.03.2026
O‘zbekiston va Misr gepatit C uchun dori vositalari ishlab chiqaradi
10:21 / 26.02.2026