Jahon | 13:19 / 05.04.2023
8490
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyadan qurol eksporti: 90 foiz texnika Ukraina va hamkor davlatlarga ketyapti

Birinchi chorakda nemis qurollarining eng yirik xaridorlari o‘ntaligiga Vengriya, Ukraina, Angliya, AQSh va Fransiya kirdi. Germaniya Iqtisodiyot vazirligi statistikasi Kiyevga tekin harbiy yordamni hisobga olmaydi.

Foto: AP

Joriy yil birinchi choragida Germaniya hukumati umumiy qiymati 2,4 milliard yevrolik nemis qurollari va harbiy texnikalarini eksport qilish uchun ruxsatnomalar berdi. Bu o‘tgan yil shu davriga nisbatan kamroq, o‘shanda umumiy summa 2,88 milliardni tashkil qilgan. Bunday ma’lumotlar 4 aprel kuni Germaniya harbiy-sanoat majmuasi mahsulotlarini dunyo bo‘ylab yetkazib berishni hisobga oluvchi va nazorat qiluvchi Germaniya Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ma’lum qilindi. 

Germaniya Iqtisodiyot vazirligi ta’kidlashicha, birinchi chorakda nemis harbiy eksportidagi asosiy ulush (2,4 milliarddan 2,18 milliard) «Rossiyaning xalqaro huquqqa zid agressiv urushidan o‘zini himoya qilishi uchun hamkor mamlakatlarga va Ukrainaga yetkazib berish hissasiga to‘g‘ri keldi».

Germaniya hukumati tomonidan Fransiyaga ruxsat etilgan nemis harbiy eksporti hajmi 121 million yevroni, AQShga - 132 million yevroni, Buyuk Britaniyaga - 165 million yevroni tashkil etdi. Birinchi chorakda Vengriya nemis sanoat kompleksi mahsulotlarining eng yirik xaridori bo‘ldi - 765 mln. Bu Ukrainaga ruxsat berilgan ta’minot hajmi miqdoridan ancha ko‘p (497 mln). 

Aslida, Germaniyaning Ukrainaga harbiy ta’minoti hajmi ancha katta, chunki, masalan, Bundesver arsenallaridan ba’zi harbiy texnika Ukraina Qurolli kuchlariga beg‘araz tarzda o‘tkaziladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid