Toşkent viloyatida xorijlik fuqaro dalada işlatgan qurol ov quroli ekani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Holat boşqarma tomonidan tezkor örganilib, videoda köriniş bergan barça şaxslarga aniqlik kiritilgan. Ma’lum bölişiça, 2026 yilning 20 yanvar kuni fuqaro Ya.Yu. öziga tegişli, ruxsatnomasi mavjud bölgan ov qurolini Toşkent viloyati hududida tanişi Q.X.ga foydalaniş uçun qonunga xilof ravişda bergani aniqlangan. 

Qayd etilişiça, qurolni qöllaş jarayonida biror inson yoki hayvonlarga zarar yetmagan.

Hozirda holat yuzasidan MJtKning 220-moddasi (qurolning va uning öq-dorilarining muomalada bölişi qoidalarini buziş) bilan hujjatlar rasmiylaştirilib, ov quroli va öq-dorilari belgilangan tartibda vaqtinça olib qöyilgan.

Olib borilayotgan tekşiruv yakuni böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanib, qöşimça axborot berilişi bildirildi. 

Avvalroq xorijlik fuqaro Özbekistondagi dalada avtomat işlatgani xabar qilingandi. Talaffuzidan u xitoylik ekanini biliş mumkin. Videoni «Kevin Ke» nikli foydalanuvçi Xitoydagi WeChat ijtimoiy tarmoğiga joylagan.