Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan zombi virus vahimasiga oid videolar köplab foydalanuvçilarni taşvişga soldi.
Avvaliga boşqa davlatlarda tarqatilgan zombi virus vahimasi, Özbekistondagi Telegram-kanallarga ham yetib keldi.

Lekin bu xabarlar – yolğon. Tarmoqlarda tarqatilayotgan kadrlar 2022 yil avgust-sentabr oyida Indoneziyada taşkil qilingan “Apokalipsisga poyezd” nomli şou dasturidan olingan.

Gap şundaki, tirbandliklar va şaharning ifloslanişi – Indoneziya poytaxti Jakartaning oğriqli muammosidir. Tadbir taşkilotçilari “Apokalipsisga poyezd” şousini yoşlarni jamoat transportiga qiziqtiriş uçun taşkil qilişgan. Tadbirda zombi rolini ijro etgan aktyorlar jamoasi oq közlari, qonga böyalgan yuzlari bilan, oyoqlarini zombilar kabi sudrab qörqitişadi. Öyinçoq miltiq kötargan harbiylar göyoki “omon qolgan” yölovçilarni xavfsiz joyga köçiradi.

Dastur taşkilotçisi Billi Juniorning sözlariga köra, “Apokalipsisga poyezd” Indoneziyadagi “zombi poyezdda sayohat qiliş” tajribasini taklif qiladigan birinçi teatrlaştirilgan konsepsiyadir. Zombilar qurşovidagi qörqinçli muhit yoşlarga jamoat transportida çeksiz adrenalindan bahramand bölişiga yordam beradi.
Şouda iştirok etiş narxi 4,7 dollar etib belgilangan.
Jakarta rasmiylari ham “Reuters” naşriga ijtimoiy tarmoqlardagi videolar şoudan olinganini













