Ijtimoiy tarmoqlarda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevaning Kun.uz muxbiriga bergan intervyusining sun’iy intellekt yordamida çuqur buzilgan dipfeyk (murakkab tarzda soxtalaştirilgan, yolğon) şakli tarqalmoqda.
Kun.uz barçani bu kabi soxta videolardan ogoh bölişga çaqiradi.
Tarqatilgan soxta videoda Norboyeva tilidan rus tilida aytilgan quyidagi gaplardan kelib çiqib, bu dipfeykning yaratilişi va tarqatilişidan kimlar manfaatdor ekanini biliş qiyin emas:
“Fuqarolarimizning Rossiya Mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolaşi Özbekistonning milliy manfaatlariga töliq mos keladi, Rossiya Federatsiyasi bilan döstlik va hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi. Bundan taşqari, fuqarolarimiz bu tinçlikparvar missiyada qatnaşiş uçun yuqori haq olişyapti, bu esa mamlakatimiz iqtisodiyoti mustahkamlanişiga zamin yaratadi”. Eslatma: bu jumlalarning barçasi töqib çiqarilgan.
Videoni soxtalaştiriş uçun Senat raisining ovoziga juda ham öxşaş ovoz yaratilgan, tana va lab harakatlari ham yuqori aniqlikda bu sun’iy ovozga moslaştirilgan.
Haqiqiy video esa Kun.uz tomonidan 2023 yil dekabr oyida e’lon qilingan bölib, unda Tanzila Norboyeva qizlarni erta turmuşga beriş holatlariga munosabat bildirgan:
Sönggi vaqtlarda taniqli şaxslarning videolarini sun’iy intellekt yordamida buziş orqali özbekistonliklarni Rossiya armiyasiga yollanişga çorlaş holatlari uçramoqda.
21 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining AntiFake.uz kanali bu borada ogohlantiriş e’lon qilgandi.
Tasvirlaridan dipfeyk yaratilayotgan şaxslar qatorida Senat raisidan taşqari, özbekistonlik bir neça taniqli jurnalist va blogerlar, şuningdek, oğir atlet Ruslan Nuriddinov ham bor.












