21:48 / 05.04.2023
12598

«Xavfsizlikni muhokama qilish uchun»: Lukashenko yana Moskvaga bordi 

So‘nggi marta Belarus rahbari Putin bilan yaqinda, fevral o‘rtalarida uchrashgan edi. 

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 5 aprel kuni Kreml rahbari Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga bordi. 

Rahbarlar Ittifoq davlati Oliy Kengashi yig‘ilishi arafasida bir qator masalalarni, xususan, «import o‘rnini bosish, hamkorlikni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyali sanoatni rivojlantirish, xalqaro vaziyat, shuningdek, xavfsizlikni ta’minlash choralari»ni muhokama qilishni rejalashtirmoqda. 

6 aprel kuni Lukashenko Ittifoq davlat Oliy Kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi. Unda turli dasturlar, jumladan «Ittifoq davlati uchun xavfsizlik konsepsiyasi»ni ishlab chiqish muhokama qilinadi. 

31 mart kuni Putin Rossiya Tashqi siyosat konsepsiyasining yangi tahririni tasdiqladi (avvalgisi 2016 yilda tasdiqlangan), bu Moskva taklif qilayotgan ustuvor yo‘nalishlar va qarashlar tubdan o‘zgarganidan dalolat beradi. 

Top