Kunlar biroz isişi, yoğingarçilik kamayişi bilan tezda sezasizki, poytaxtda havo, uning tarkibi, undagi qandaydir yoqimsiz hidlar sizni behuzur qilişni boşlaydi. Çang körsatkiçi ham juda yuqori.
Bu öz örnida havo sifatini tahlil qilib boruvçi turli reytinglarda ham aks etmoqda. Jumladan, Toşkent muntazam ravişda havosi eng iflos şaharlar qatorida qayd etib kelinmoqda.
Kun.uz muxbiri yana Toşkent havosi masalasiga qaytib, poytaxt havosini nima bunçalik ifloslantirayotgani va uni önglaş mumkinmi özi degan savolga ekspertlar iştirokida javob izladi.
Intervyu mehmonlari iqlimşunos Erkin Abdulahatov va ekologiya sohasi eksperti Farrux Sattarov böldi.
— Erkin aka, Farrux aka, mavzumiz poytaxtda havo sifati masalasi. Oçiğini aytganda, bu masala haqida qança gapirilmasin, şu paytga qadar na bir vazirlik, na bir partiya va na bir qömita mas’uliyatni zimmasiga olib, tuşuntiriş, ma’lumot bergani yöq.
Jamiyat Toşkent havosi böyiça dunyodagi eng iflos şaharlardan biri ekani-yu, bunga köpda qurilişlar sabab bölayotgani haqidagi ma’lumotdan boşqasiga ega emas.
Ayting-çi, Toşkent havosi nega bunçalik iflos özi? Bu ifloslikning manbasi, tarkibi, kimyoviy tarkibi nimalardan iborat özi? Zavodlarmi, avtomobillarmi, qurilişmi, nima?
Farrux Sattorov:
— Bu savolga aniq javob beriş uçun ilmiy izlaniş olib boriş kerak. Lekin şaxsiy tajribamdan kelib çiqib javob beraman. Eng köp aytilgan muammolardan biri — Toşkent şahridagi qurilişlar. Quriliş deganda, faqat öşa bölayotgan maydondagi çang-tözonmas, butun quriliş infratuzilmasidagi, ya’ni quriliş materiallari işlab çiqarişdan transportgaça.

Masalan, quriliş maydoni olingaç, u yerda tuproq işlari olib boriladi. Ekologiya taşkilotlarining me’yoriy hujjatlarida qurilişda tuproq işlari olib borilayotganda çanglanişning oldini oliş kerak, deb yozib qöyilgan. Afsuski, bu talab tadbirkorlar tomonidan bajarilmaydi. Men haligaça körmadim amal qilingan vaziyatni. Bundan taşqari, quriliş materiallarini taşişda, quriliş maydonidagi loy-tuproqni öziga olgan yuk maşinalari umum foydalaniluvçi yöllarga çiqişi kabi omillar ham bor. Şu orqali ham neça tonnalab çang-tuproq şaharga kirib keladi. Yana bir omil quriliş materiallarini işlab çiqişga qöyiladigan talablar buzilişi. Masalan, ğişt işlab çiqarilişida. Toşkent viloyatida 200 taça ğişt zavodi bölsa kerak. Zavodlarga tuproq qazib oliş uçun yer ajratiladi. Öşa yerlarda tuproq kovlab oliş işlari olib boriladi. Ekologiya taşkilotlarining me’yoriy hujjatlarida bunday joylarni rekultivatsiya qiliş belgilab qöyilgan. Bizning tadbirkorlar firmani yopyapti va yangidan oçyapti, öz-özidan rekultivatsiya masalasi eski firma zimmasida qolib ketyapti. Bu degani öşa joylar oçiqligiça çang kötariladigan bölib qolib ketyapti. Bu narsalarning oldini oliş uçun tadbirkorlarning mas’uliyatini oşiriş kerak.













