“Dunyo” muxbiri xabariga köra, Özbekistonning Polşadagi elçisi Amirsaid A’zamxöjayev LOT Polish Airlines prezidenti Mixal Fiyol bilan uçraşuv çoğida ikki mamlakat örtasidagi aviaaloqalarni rivojlantiriş masalalarini körib çiqdi.
Muloqot davomida aviakompaniya rahbari Özbekiston Polşa uçun tobora muhim turizm va tranzit yönalişiga aylanib borayotganini ta’kidladi. 2024 yil mart oyida elçixona kömagida yölga qöyilgan va hozirda haftasiga 4 marta amalga oşirilayotgan Varşava – Toşkent – Varşava yönalişidagi töğridan töğri reyslar yuqori talabga ega ekani qayd etildi.
Ma’lumotga köra, 2024 yil yakuni böyiça mazkur yönalişda 75 mingdan ortiq yölovçi taşilgan. Bu Markaziy Yevropa va Polşa aviabozorida Özbekistonga bölgan qiziqiş ortib borayotganining yaqqol isboti sifatida e’tirof etildi.
Uçraşuvda tomonlar ikki mamlakat aviatsiya idoralari örtasidagi amaldagi bitim doirasida Varşava–Toşkent reyslari sonini yaqin kelajakda har kunlik rejimigaça köpaytirişga kelişib oldi. Şuningdek, LOT Polish Airlines tomonidan Samarqand şahriga yangi yönaliş oçiş imkoniyatlari tahlil qilindi.
Muloqot çoğida Uzbekistan Airways va LOT Polish Airlines örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, jumladan, Codeshare kelişuvini imzolaş, kargo taşuvlar sohasida şeriklikni kengaytiriş, birgalikda marketing va tarğibot tadbirlarini amalga oşiriş böyiça onlayn muzokaralar ötkazişga kelişib olindi.
Tomonlar mazkur taşabbuslar Özbekiston–Polşa örtasidagi turistik, biznes va tranzit oqimlarini yanada oşirişga xizmat qilişiga işonç bildirdi.













