Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yapon uslubida zamonaviy mehmonxona quriladi
Tokioda Yaponiya sayyohlik kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekiston elchisi Muhsin Abdurahmonov Yaponiyaning H.I.S. Co. Ltd sayyohlik kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Motoshi Yada bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uchrashuv davomida turistik kompaniya vakillaridan 13 apreldan boshlab Uzbekistan Airways’ning Toshkent-Tokio-Toshkent to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareysi qayta tiklanishini inobatga olgan holda Yaponiyadan sayyohlar oqimini oshirishda amaliy ko‘mak so‘raldi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha H.I.S. Co. Ltd kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi turizm kontentlari sifatida ekoturizm, gastronomik, ekstrim turizm yo‘nalishlarida turpaketlar ishlab chiqish, O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida yapon tilida broshyuralar chop etish, mamlakatda yapon uslubidagi zamonaviy mehmonxona qurish va kompaniya rahbariyati hamda yapon tur operatorlaridan iborat delegatsiyaning yurtimizga ishchi missiyasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026