O‘zbekiston | 15:04 / 09.04.2023
18556
3 daqiqa o‘qiladi

10 aprel kuni qator hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?

Foto: Kun.uz

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 10 aprel, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi, 12–17 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +12...+14 daraja, kunduzi +15...+17 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +19...+24 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi, ba’zan 22–25 metr/soniyagacha yetishi mumkin. Harorat kechasi +9...+14 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi, ba’zan 22–25 metr/soniyagacha yetishi mumkin. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +6...+11 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘larda (2000 metrdan balandda) qorga aylanishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 17–22 metr/soniyagacha kuchayishi. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +6...+11 daraja bo‘ladi.

9–11 aprel kunlarida Toshkent viloyatining tog‘li xududlarida 2000 metrdan balandda qor ko‘chish xavfi bor. Shu kunlarda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Mavzuga oid