O‘zbekiston | 09:19 / 11.04.2023
8415
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahri ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta’mirlash ishlari tufayli bugun Uchtepa, Shayxontohur va Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Foto: Kun.uz

Uchtepa tumani Beshqayrag‘och va THAY ko‘chalari kesishmasida joylashgan yuqori bosimli gaz quvuriga gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan.

Shu sababli, bugun, 11 aprel kuni soat 09:00dan 18:00ga qadar:

  • Uchtepa tumani aholi iste’molchilari: «Ko‘ksaroy», «O‘rikzor» va «Zarafshon» MFYdagi jami 4 600 ta uy xo‘jaligida va 2 ta ko‘p qavatli uydagi jami 60 ta aholi xonadonida hamda hududdagi 120 ta ulgurji iste’molchida;
  • Shayxontohur tumani iste’molchilari: «Ming terak» MFYda joylashgan 10 ta ko‘p qavatli uydagi jami 120 ta aholi xonadonida, yangi turar joy majmuasidagi 72 ta aholi xonadonida, Ko‘ksaroy ko‘chasidagi 30 ta uy xo‘jaligida;
  • Shayxontohur tumani ulgurji iste’molchilari: Ko‘ksaroy majmuasi, «Fayz» milliy taomlari, Tilomsaroy, Fath kushxonasi, «Lider gaz» MChJ (AGTKSh), «Ibn sino» to‘yxonasi MChJ, «EKSPAK Pres» MChJ, «Muborak mebel» MChJ, «GO‘ShT SUT» korxonasi, «Chashmir» choyxonasi, «Razetka kabel» MChJ, «Ilyos keramika» MChJ, «AKMAL BALIQ» ChP, «Uxod biznes» MChJ, «AKMAL UMID BARAKA» MChJ – jami 15 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yashnobod tumani Ohangaron ko‘chasida joylashgan gaz taqsimlash punktida aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish ishlari rejalashtirilgan.

Shu sababli, bugun, 11 aprel kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar:

Aholi va ulgurji iste’molchilari: G‘alabaning 40 yilligi 3-4-mavzesida joylashgan 30 ta ko‘p qavatli uydagi jami 1 200 ta aholi xonadonida, «A.Temur» MFY, Ulug‘bek, Furqat, Cho‘lpon ko‘chalaridagi jami 120 ta uy xo‘jaligida hamda ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid