Zelenskiy bosqinning ilk kunida 7 davlat rahbari bilan gaplaşgan. Ukraina mudofaa vaziri asirga tuşişi mumkin edi
|19:48 / 11.04.202341 50613 min
2022 yilning 24 fevralida nimalar bölgandi? «Ukrainskaya pravda» bu haqda batafsil yozdi.
Foto: Maksim Levin / Reuters / Scanpix / LETAFoto: Maksim Levin / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov 24 fevral kuni soat tört atrofida Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniyning qönğiroğidan uyğonib ketadi. «Aleksey Yureviç, ular hujum qilişdi», — deya eslaydi Reznikov boş qömondondan eşitgan ilk sözlarini. «Tuşundim, 20 daqiqada boraman», — deya javob qaytaradi vazir.
Ertalab soat beşda Reznikov mudofaa vazirligida edi. Bu yerda barça navbatçi xodimlar allaqaçon zirhli nimçalar va kaskalarni kiyib olişgan, avtomatlarni qölga olişgandi. «Ukrainskaya pravda» naşri yozişiça, bosqin haqidagi xabardan keyingi ilk daqiqalardanoq mudofaa vazirligi binosi «ulkan termitlar uyasi»ni eslatardi, bu yerda askarlar qum töldirilgan qoplarni taşib «katta mudofaa konturi» qurişga kirişgandi. «Rossiya propagandasi „qaror qabul qiliş markazlari“ deb ta’riflagan boşqa idoralarda ham xuddi şunday vaziyat kuzatilayotgandi», deya yozadi «Ukrainskaya pravda».
Reznikovning sözlariga köra, Zalujniyning qabulxonasidagi muhit boşqaça edi — bu yerda komandirlardan hisobot qabul qilinar va buyruqlar berilardi. «Faollik ortgandi, ammo mening xotiramda Zalujniy bilan bölgan qandaydir özgariş muhrlanmaydi. Biz tanişganimdan buyon u doim sergak va diqqatni bir joyga jamlagan holda yuradi. <…> Uning uçun heç narsa özgarmagan. U butun umri mobaynida bu hujumga tayyorlangandi va bu palla kelgandi», — deya xotirlaydi Reznikov.
Taxminan xuddi şu vaqtda Kiyevning boşqa çekkasida Oliy rada raisi Ruslan Stefançuk portlaşlar ovozidan uyğonadi. Köp ötmay unga IIV rahbari Denis Monastirskiy (u 2023 yil 18 yanvarida Brovari şahrida vertolyot qulaşi oqibatida halok böldi) qönğiroq qilib, bosqin boşlangani haqida xabar beradi, keyin Xavfsizlik kengaşi raisi Oleksiy Danilovdan ham telefon keladi, u Volodimir Zelenskiy Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi yiğilişini çaqirganini aytadi
Stefançuk ham Oliy rada deputatlarini yiğişi kerak edi, Zelenskiyning harbiy holat joriy etiş töğrisidagi farmoni kuçga kirişi uçun uni parlament ma’qullaşi talab etilgan. Deputatlar partiya çatlarida xavfsizlik nuqtayi nazaridan sessiyalar zalida emas, Kiyevdagi «Ona vatan» haykali ostida uçraşişga kelişib olişadi. Stefançukning sözlariga köra, «haypçi» deputatlardan biri jonli efirga çiqib, Rada yiğilişi qayerda ötişini aytib yuboradi. Yakunda deputatlar Gruşevskiy köçasidagi Rada binosida yiğilişga qaror qiladi.
Ertalabki soat 6:30 da deputatlar parlamentga kela boşlaydi. Ukrainaning sobiq prezidenti va «Yevropa birdamligi» partiyasi yetakçisi Petro Poroşenko uni rafiqasi Marina uyğotganini aytgan. U xotiniga ketişi kerakligini aytadi, ammo ayol rad etadi. Poroşenko Kiyev oblastidagi Kozin şahridan partiya ofisiga yöl oladi, soat yettida esa Radaga yetib keladi. Bu yerda u «qörqib ketib» evakuatsiya ehtimolini muhokama qilayotgan juda köp odamlarni uçratadi.
Mavzuga oid
«Men ularga aytdimki, agar parlamentni evakuatsiya qilsangiz, birinçidan, men bormayman. Ikkinçidan, siz bunga haqlisiz, ammo bu barçani Kiyevdan qoçişga da’vat qiluvçi kuçli signal böladi. Kim ketişni istasa, ketaqolsin, ammo bu haqda heç kim bilmasligi kerak. Çunki biz qat’iyligimiz hamda Kiyevni topşirmoqçi emasligimizni körsatiş uçun şu yerda bölişimiz kerak», — degan Poroşenko.
Rada raisi birinçi örinbosari Oleksandr Korniyenkoning fikriça, ommaviy evakuatsiya yöqligi «odamlarga hokimiyat organlari Kiyevda qolgani va bundan keyin ham qolib, kuraş olib borişini körsatgan».
Rada yiğilişi ertalabki soat sakkizda boşlangan. Danilov deputatlardan harbiy holat joriy etilişini qöllab-quvvatlaşni söragan va ukrain harbiylari «hozirda mudofaa jang qilib, mudofaalanayotgani, barça öz joyidaligi»ni qayd etgan. Şundan keyin zalda hozir 300 nafar deputatning barçasi qarorni ma’qullagan. Ular orasida rossiyaparast hisoblangan «Muxolifat platformasi — Hayot uçun» partiyasi a’zolari ham bor edi. «Ukrainskaya pravda»ning qayd etişiça, partiyaning şu kuni parlamentga kelgan vakillari «maksimal darajada özining borligini sezdirmaslikka uringan».
«Men ularni payqamadim. Qöyday yuvoş! Boşlarini kötarişmasdi, qurillaşmasdi, qiçqirişmasdi», — deya eslaydi Poroşenko.
Stefançuk deputatlardan keyingi yiğiliş vaqti va joyini belgilaşga huquq berişni söraydi. Uning özi keyinroq izoh berişiça, bu voqealarning har qanday rivojida, jumladan Kiyev qurşab olingan taqdirda ham Radaning işlaşini yuridik jihatdan ta’minlaş uçun zarur edi. Deputatlar bu taklifni, şuningdek, ovoz beriş elektron tizimda emas, balki qöl rejimida ötkazilişini qöllab-quvvatlaşadi.
Yiğilişni yakunlar ekan, Stefançuk ketadigan deputatlar sotqin deb hisoblanişini aytadi. U şuningdek özi halok bölgan taqdirda qanday harakatlaniş böyiça örinbosari bilan kelişib oladi.
Ukraina prezidenti ofisi joylaşgan Bankovaya köçasida «asosiy şaxslar» 24 fevralga ötar keçasi soat taxminan birda uylariga ketişgandi, ammo ertalabki soat törtda işga qayta boşlaşadi. Ofis rahbari Andrey Yermak keyinroq eslaşiça, uyiga soat taxminan ikkida kelgan, ammo bir-bir yarim soat ötib razvedka va harbiylardan harbiy harakatlar boşlangani haqida xabar olgan. U ortiga qaytgan.
«Ukrainskaya pravda»ning qayd etişiça, 23 fevral kuni keçqurun ham mamlakatni keng kölamli bosqin bölmasligiga işontirib bayonot bergan Volodimir Zelenskiyga eng katta mas’uliyat tuşardi. U mudroq mamlakatni uyğotib, barça kuçni jamlaş va zarbaga bardoş beriş»ga erişişi talab etilardi. Jurnalistlar aytişiça, ular qaysi amaldor yoki harbiy bilan gaplaşmasin, ularning har biri 24 fevral kuni prezident uni qanday uyğotib, çaqirgani va topşiriqni bajarişga yuborgani yoki oldiga vazifa qöygani haqida yaxşi eslaydi.
Uruşning birinçi kunida Zelenskiy dunyo yetakçi siyosatçilari bilan sakkiz marta telefon muloqoti ötkaziladi: Jo Bayden, Olaf Şols, Boris Jonson, Avstriya kansleri Karl Nexammer, Rajab Erdöğan, Şvetsiya boş vaziri Magdalena Andersson, Yevropa kengaşi raisi Şarl Mişel, şuningdek Emmanuel Makron.
Tinçlik vaqtida bunday muloqotlarning har birini uyuştiriş uçun haftalar talab etilardi, ammo endi «diplomatik vaqt» qisqargandi, deya qayd etadi «Ukrainskaya pravda». Zelenskiyning birinçi şunday muloqoti ertalabki soat yettilar atrofida böladi, öşanda u töğridan töğri britanlar boş vaziri Boris Jonsonga sim qoqadi. Keyinroq Zelenskiy dunyo davlatlari yetakçilari bilan WhatsApp messenjeri orqali ham gaplaşganini aytgandi.
Soat 6:42 da Zelenskiy uruş davridagi ilk videomurojaatini yozadi. U harbiy holat joriy etilganini e’lon qiladi. Bir yarim soat ötib prezidentning navbatdagi videomurojaati çiqadi — bu uning klassik iş kiyimida qilgan oxirgi murojaati bölib qoladi. Şundan keyin u fuqarolar qarşisida faqat armiya futbolkasida köriniş beradi, bu kiyim «uning imijining ajralmas qismi»ga aylanadi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 25 fevral kuni keçqurun özi va jamoasi Kiyevda qolayotganini tasdiqlaş uçun videomurojaat qilgandi. Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati / Reuters / Scanpix / LETA
Köp ötmay prezident ofisiga Oliy rada spikeri Stefançuk rahbarligidagi parlament delegatsiyasi taşrif buyuradi. Deputat Sergey Raxmanin hikoya qilişiça, Zelenskiy «sarosimaga tuşgan» körinmagandi. Poroşenkoning sözlariga köra, deputatlar Zelenskiy bilan «mazmunli» suhbat qurişgan. Ular endi muxoliflar emasligi böyiça kelişib olişgan, çunki ularda yagona duşman bor edi — Vladimir Putin. Poroşenkoning qayd etişiça, bunday taklif Zelenskiy tomonidan bildirilgandi.
«Kiyev yarim qurşov holatida ekanida ham bu kelişuv saqlab qolindi», — deydi sobiq prezident.
Iştirokçilarning aytişiça, öşanda uçraşuv kutilmaganda töxtatilgan. Zalga qöriqçilar kirgan va boşpanaga ketişni talab qilişgan. «Prezident tansoqçilari kirişdi va Bankovaya tomon qandaydir harakat kuzatilayotgani, şuning uçun prezident ketişi kerakligini aytişdi», — deydi Stefançuk. Uning sözlariga köra, ular parlament spikeri poytaxt markazidan ön daqiqalik masofada bölib turişi böyiça kelişişadi.
«Şunday qilib bizda „Kiyev atrofidagi karusel“ deb atalgan oy boşlandi: doimiy ravişda köçib yurdik, har safar boşqa-boşqa joylarda tunadik, ammo nimadir bölganda yetib keliş uçun Kiyev atrofida qoldik», — deya hikoya qiladi u.
Soat 11 da hukumat yiğilişi bölib ötadi, unda vazirlar kabinetining ayrim a’zolarini Ukraina ğarbiga evakuatsiya qiliş haqida qaror e’lon qilinadi. Hukumatning bir qismi Kiyevda qoladi, qolgan qismi esa kvorumni (yiğilişlar qarorlari qonuniy bölişi uçun iştirokçilarning ustav böyiça yetarli hisoblanadigan miqdori) saqlagan holda boşqa joyda böliş böyiça qaror qilişi mumkin edi. «Mudofaa uçun kerak bölganlar Kiyevda qolişdi. Bu mutlaqo mantiqiy qaror edi. Ammo biz [Kiyevda qolganlar] baribir hali ham majlis ötkaziş uçun oflayn yiğilmasdik. Kimdir bunkerda ötirgan holda, kimdir noma’lum joydagi kabinetda turib, kimdir döstlari bilan hammomdaligida, yana kimdir yölda onlayn bölardi», — deya hikoya qiladi mudofaa vaziri Reznikov.
Ukraina infratuzilmalar vaziri Oleksandr Kubrakovning sözlariga köra, şu kuni tongda vazirlar, ularning oila a’zolari va maxfiy hujjatlarni Kiyevdan olib çiqib ketiş uçun poyezd qidira boşlaşgan. Jamiyatni rivojlantiriş vaziri Oleksiy Çernişovning aytişiça, natijada bu «mutlaqo odatiy poyezd» bölgan.
Kubrakovning sözlariga köra, bu vaqtda Kiyevda qolgan vazirliklarda «bardak» boşlangan: «Barça uyoqdan bu yoqqa çopar, nimanidir olib ketar, nimanidir yöq qilardi». «Hovlida protokolga köra yöq qilinişi lozim bölgan maxfiy hujjatlarni yoqib yuboriş boşlangandi», — deya qöşimça qilgan u.
Reznikovning aytişiça, agar u öşa kuni oldindan belgilangan protokol böyiça harakatlanganida, katta ehtimol bilan asirga tuşgan bölardi. Uning tuşuntirişiça, vazir öz jamoasi bilan borişi kerak bölgan mudofaa vazirligining himoyalangan qömondonlik punkti Gostomelda joylaşgandi, bu yerga esa öşa kuni Rossiya desant tuşiradi.
«Ukrainskaya pravda»ning yozişiça, markaziy hokimiyat «yoyib joylaştirilayotgan» mahalda, Kiyevdan çiqişda ulkan tirbandliklar yuzaga keladi — va harbiy komissariatlarda ham. Reznikovning sözlariga köra, öşanda poytaxtdagi deyarli har bir köçaga blokpostlar örnatilgandi.
«[Energetika vaziri] German Gluşçenko qönğiroq qildi. Va aytdi: „Men [hukumat yiğilişiga] bora olmayman, ular yuzim bilan asfaltga yotqizişdi. Men energetika vaziri ekanimni aytdim, ularga esa farqi yöq“. U marhum Monastirskiyga qönğiroq qiladi va aytadi: „Denis, menga kimdir, biror natspol (politsiyaçi) yöl-yöriq körsata oladimi, çunki men ötib keta olmayapman“. Denis esa „hozir men senga tösiqsiz ötişni taşkil etib bera olmasam kerak, çunki blokpostlarning köpçiligi nazorat ostida emas“. <…> Xudoga şukrki, Germanni qöyib yuborişadi. Yaxşiyam, vazirimizga zarar yetkazişmaydi. U bir kun uyda ötirişi kerak edi», — deya eslaydi Reznikov uruşning ilk kunidagi voqealarni.
U keyin barçasi asta-sekin «tartibga keltirilgani»ni aytadi.