Britaniyaning Birlashgan kuchlar qirollik instituti (RUSI) Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi keng ko‘lamli urushning 2022 yil fevral-iyul oylariga to‘g‘ri keladigan dastlabki bosqichlari, ya’ni Ukraina qurolli kuchlari hali frontda yurish amaliyotlarini boshlamagan davrga oid tahlillarga bag‘ishlangan hisobotni e’lon qildi.

Hisobot mualliflari RUSI tadqiqotchilari Jyek Uotling, Nik Reynolds va Aleksandr Danilyuk (o‘tmishda Ukraina mudofaa vazirligi rahbariyati va Tashqi razvedka xizmati maslahatchisi bo‘lgan), shuningdek Ukraina desant-shturm qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni Mixaylo Zabrodskiy hisoblanadi.

Hisobot urush boshlangach bir necha oy mobaynida Ukrainada ishlab, mahalliy harbiylar bilan muloqotda bo‘lgan Uotling va Reynoldsning ma’lumotlariga asoslangan. Ammo ular uchun asosiy manbalar Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumotlari bo‘lib, ularning katta qismi hozirgacha jamoatchilik uchun yopiq edi. Barcha manbalar mojaroning bir tomonini ifodalagani tufayli, hisobot mualliflari o‘z ishlarini «metodologik jihatdan mukammal emas» deb atashgan.

Tadqiqotchilarning tushuntirishicha, ular metodologiyadagi nuqsonlarga qaramay, hisobotni chop etishga qaror qilishgan, chunki ularning fikricha, Ukrainaning hamkorlari bu xulosalarni hisobga olgan holda Rossiya-Ukraina mojarosining borishini belgilaydigan yurish qilish uchun o‘z harbiy salohiyatlarini rivojlantirish bo‘yicha tezkor qabul qilishlari kerak.

Hisobot besh bobdan iborat. Dastlabki ikkisida Rossiyaning bosqinchilik rejasi (RF qurolli kuchlarining bir qator bo‘linmalariga berilgan buyruqlar va instruksiyalarda ko‘rsatilgan va keyinroq Ukraina qurolli kuchlari tomonidan qo‘lga kiritilgan shaklda) va Ukrainaning boshlang‘ich pozitsiyalari tasvirlangan. Uchinchi bobda 2022 yil fevralidan iyuliga qadar davom etgan urushning uch bosqichi haqida gap boradi. To‘rtinchi va beshinchi boblar Rossiya armiyasi harakatlari tahlillari va Buyuk Britaniya armiyasi uchun tavsiyalarga bag‘ishlangan. Quyidagi matnda «Meduza» tadqiqotning asosiy mazmunini keltiradi.

Rossiya urushga qanday tayyorgarlik ko‘rgan?

RFning Ukrainaga bostirib kirishi konsepsiyasi xalqaro hamjamiyat agressiyaga reaksiya qilishga ulgurmasligi uchun tezkorlik bilan harakat qilish zaruratini ko‘zda tutgan. Rossiya tomonining muhim harbiy-strategik vazifalari quyidagilar bo‘lgan:

  • Ukrainaning mudofaa qobiliyatini buzish uchun uning aviatsiyasi, floti va havo hujumidan mudofaa kuchlarini yo‘q qilish;