AQSh birinchi marta Rossiya atom sanoatiga qarshi sanksiyalar kiritdi
AQShning yangi sanksiyalar paketi boshqa narsalar qatori Rossiya davlat korporatsiyasi «Rosatom» tarkibiga kiruvchi korxonalarga qarshi qaratilgan. Xususan, bu «Rosatom»ning xorijdagi loyihalarini ilgari surish uchun mas’ul «Rusatom Oversiz»ga tegishli.
Qo‘shma Shtatlar Rossiya va boshqa davlatlardan 34 nafar jismoniy va 120 tadan ortiq yuridik shaxslarga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Tegishli ro‘yxat 12 aprel, chorshanba kuni AQSh Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilindi. U, jumladan, Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi korxonalarni o‘z ichiga oladi.
Ulardan biri «Rusatom Oversiz» AJ bo‘lib, u o‘z veb-saytida ta’kidlanganidek, «Rosatom»ning yadroviy texnologiyalar sohasida, shu jumladan vodorod energetikasi sohasidagi noenergetik yechimlari liniyasini xalqaro bozorga targ‘ib qilish» uchun javobgardir. «Rusatom Oversiz» prezidenti Yevgeniy Pakermanov ham AQShning yangi sanksiyalari ostida qoldi.
«Kommersant» gazetasi yozishicha, «Rusatom Oversiz» xalqaro faoliyati ko‘lami unchalik katta emas: kompaniyaning 2022 yildagi daromadi buxgalteriya hisobi bo‘yicha 7 milliard rublni, sof foydasi esa 1,2 milliard rublni tashkil qilgan. 2021 yil bahorida kompaniya Fransiyaning Air Liquide kompaniyasi bilan birgalikda Saxalinda vodorod ishlab chiqarish majmuasini qurish loyihasini boshladi. Biroq, 2022 yil 2 sentabrda Air Liquide «geosiyosiy kontekst tufayli» Rossiyadan chiqib ketishini e’lon qildi. Endi «Rusatom Oversiz» veb-sayti kompaniyaning Boliviyada «dunyodagi eng yuqori yadroviy tadqiqotlar va texnologiyalar markazi» qurilishida ishtirok etayotganini ko‘rsatyapti.
«Rusatom Oversiz»dan tashqari, AQSh Moliya vazirligi ro‘yxatiga atom stansiyalarining reaktor uskunalarini o‘rnatish, ta’mirlash va demontaj qilish texnologiyalarini ishlab chiqadigan «Nauchno-issledovatelskiy i konstruktorskiy institut montajnoy texnologii - ATOMSTROY» AJ, shuningdek, Kovrov mexanika zavodi va VPO «Tochmash» ham kiradi. Ular uranni boyitish uchun sentrifugalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi qit’alararo ballistik raketa muvaffaqiyatli sinovdan o‘tganini e’lon qildi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Astraxan viloyatidagi Kapustin Yar poligonidan uchirilgan yerustida joylashuvchi QBRning o‘quv jangovar kallagi Qozog‘istondagi Sari-Shagan poligonida nishonga tegdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi raketa uchirilishidan maqsad «qit’alararo ballistik raketalar uchun istiqbolli jangovar texnikani sinovdan o‘tkazish» ekanini bildirdi. Vazirlik bayonotida aytilishicha, sinovlar «yangi strategik raketa tizimlarini yaratishda foydalanilgan sxema va texnik yechimlarning to‘g‘riligini tasdiqlash» imkonini berdi.
So‘nggi yillarda, ayniqsa Ukrainada keng ko‘lamli harbiy harakatlar boshlanganidan so‘ng, xalqaro kuzatuvchilar Moskvani harbiy tahdid yaratishda bir necha bor ayblashdi. 25 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘n yilliklar ichida birinchi marta Rossiya taktik yadro qurolini mamlakatdan tashqarida, – Belarusda mamlakat rahbari Aleksandr Lukashenko bilan kelishilgan holda joylashtirish niyati borligini ma’lum qildi. Bunday qurollar qit’alararo ballistik raketalar yordamida nishonga yetkaziladigan strategik yadroviy qurollarga qaraganda kichikroq masofaga va buzg‘unchi kuchga ega.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Belarus hududida Rossiyaning taktik yadro qurollarini joylashtirish uchun maxsus ombor qurilishi 1 iyul kuni yakunlanishi kerak. O‘nta samolyot ushbu turdagi qurollardan foydalanishga tayyor, «Iskandar» tashuvchi kompleksi taqdim etildi, dedi Rossiya Federatsiyasi prezidenti.
Mavzuga oid
16:42
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
14:42
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
10:47
Rossiya 145 ta dron bilan Ukrainaning yirik shaharlariga hujum qildi
13:30 / 10.11.2024