«MegaFon» O‘zbekistonda havo sifatini nazorat qilish tizimini ishga tushirdi
Uskunalar Ohangaron shahrida o‘rnatildi.
Rossiyaning «MegaFon» kompaniyasi O‘zbekistonda havo sifatini nazorat qilishning raqamli tizimini ishga tushirdi. «MegaFon Ekologiya» Ohangaron shahri hududidagi havo sifatini nazorat qiladi. Bu Rossiya mobil aloqa operatorining xorijdagi birinchi shunday loyihasidir.
«MegaFon Ekologiya» avtomatlashtirilgan monitoring majmuasi chang datchiklari, gaz analizatorlari va ob-havo stansiyasidan iborat. Uskunalar Ohangaron shahridagi ijtimoiy ahamiyatga ega infratuzilma obekti – bolalar sporti stadioni yaqiniga o‘rnatilgan.
Tizim atmosfera havosidagi muallaq zarrachalar (masalan, chang), azot va oltingugurt dioksidi, uglerod oksidi konsentratsiyasi, shuningdek, harorat, namlik, bosim, yog‘ingarchilik intensivligi, shamol tezligi va yo‘nalishi ko‘rsatkichlarini nazorat qiladi.
O‘lchovlar har besh daqiqada amalga oshiriladi, ko‘rsatkichlar real vaqt rejimida buyurtmachining boshqaruv serveriga uzatiladi. Shuningdek, ma’lumotlarni O‘zbekistonning nazorat qiluvchi davlat organi – Tabiat resurslari vazirligiga uzatish avtomatik rejimda yo‘lga qo‘yilgan.
Mavzuga oid
18:02 / 04.12.2024
Qurilish maydonlarida atmosfera havosi talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanadi
18:18 / 12.11.2024
Jahonda 10 yil davomidagi tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zarar 2 trillion dollardan oshdi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
23:00 / 04.11.2024