Ekologik vaziyatni yaxşilaş, atmosfera havosi ifloslanişining oldini oliş, quriliş taşkilotlarining mas’uliyatini oşirişga qaratilgan qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş masalalari qömitasi tomonidan dastlabki tarzda körib çiqildi.
Qayd qilinişiça, qonun loyihasi bilan quriliş maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qiliş talablarini buzganlik uçun quriliş taşkilotlari mansabdor şaxslarining javobgarligini belgilaş taklif etilmoqda.
Jumladan, uşbu harakatni sodir etganlik uçun — bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravari miqdorida (hozir 3,75 mln söm), huquqbuzarlik jazo qöllanganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravari miqdorida (18,75 mln söm) jarima belgilaş taklif etilmoqda.
Xabarda qonun loyihasi Qonunçilik palatasida qaçon körib çiqilişi haqida ma’lumot berilmagan.








