Navoiyda 6 yoshli bola tok urishi oqibatida ikki qo‘lidan ayrildi
O‘rtoqlari bilan o‘ynab yurgan bolakay bolalar maydonchasiga yonma-yon joylashtirilgan, xavfsizligi ta’minlanmagan transformator eshigini ochib ko‘rgani aytilmoqda.
Kun.uz manbasining ma’lum qilishicha, holat joriy yilning 5 mart kuni Uchquduq shahrida sodir bo‘lgan. Bolalar yaqinda foydalanishga topshirilgan ko‘p qavatli uyning bolalar maydonchasida o‘ynayotgan bo‘lgan. Bolalardan biri maydoncha bilan yonma-yon joylashtirilgan transformator yoniga borib, uning eshigini ochib ko‘rgan. Oqibatda uni katta kuchlanishli tok urgan.
“O‘sha kuni ishda edim. Holatni eshitib tezda yetib keldim. Qarasam, bolamning ikki qo‘li kuyib ketgan, ahvoli jiddiy. Shifoxonada zo‘rg‘a o‘ziga keltirib oldik. Ammo ikki qo‘lini kesib tashlashga majbur bo‘ldik.
Shu yil maktabga chiqishi kerak edi. Uning azoblanganini ko‘rib, o‘zim ham adoi tamom bo‘ldim.
Transformator bolalar maydonchasining yonida edi, xavfsizligi ta’minlanmagan, hatto xavfli ekanligini anglatuvchi belgilari ham yo‘q edi. Eshiklari ochiq holatda bo‘lgan o‘sha kuni. Aslida, transformatorning bolalar maydonchasi bilan yonma-yon bo‘lishi to‘g‘ri emas. Buning ham o‘z tartib-qoidalari bo‘lsa kerak”, — deydi Kun.uz muxbiri bilan gaplashgan bolaning otasi Akmal Qobilov.
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Chinozda poyezdning yuk vagoni ustiga chiqib olgan 2 bolani tok urgandi. Buning oqibatida ulardan birining tanasi 20 foizga, ikkinchisining tanasi 80 foizga kuygandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
Jahon | 00:59
-
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 00:26
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45 / 13.05.2025
-
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
Jahon | 23:29 / 13.05.2025
Mavzuga oid

13:30 / 07.05.2025
O‘zbekistonda ilk bor yomg‘irni sun’iy yog‘dirish texnologiyasi sinab ko‘rilmoqda

18:28 / 01.05.2025
Navoiyda kichik samolyotlar ishlab chiqariladi

16:51 / 02.04.2025
Navoiyda 10-sinf o‘quvchisi talabalikni naqd qildi. U 11-sinfni o‘qimasa bo‘ladimi?

18:36 / 31.03.2025