“Özbekiston temiryöllari” xabariga köra, joriy yilning 14 mart kuni soat 15:18 da voyaga yetmagan ikki nafar bola poyezdning yuk vagoni ustiga çiqib olişgan.

Xavfli harakatlar natijasida bolalar - M.I. (2013 yilda tuğilgan) va B.B. (2012 yilda tuğilgan) kontakt tarmoğining elektr ta’minoti kuçlanişida tan jarohatlari olişgan. 

Ma’lumotda aytilişiça, ikkala yoş bola ham zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ulardan birining tanasi 20 foizga, ikkinçisining tanasi 80 foizga kuygan.

“Hurmatli fuqarolar! Farzandlaringiz bilan qator xavfsizlik mavzularida tez-tez suhbat qurişingizni iltimos qilamiz! Şu jumladan, ular bilan temiryöl liniyalari yaqinida harakatlaniş va ulardan ötiş qoidalari haqida tuşuntiriş suhbatlari olib borişni, vagonlarga çiqiş qançalik xavfli ekanligi haqida batafsil tuşuntirişni sörab qolamiz. Bularning barçasi turli xil jarohatlarga, şu jumladan oqibati oğir holatlar va ölimga olib kelişi mumkin”, deyiladi xabarda.

“Özbekiston temiryöllari” ma’lumotida röy bergan baxtsiz hodisada bolalar maşhur ijtimoiy tarmoqlar uçun videoga tuşiş va köproq “layk” olişni maqsad qilgani aytiladi.