Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiyaning Moskvadagi elchixonasiga oq kukunli maktub yuborildi
Xatlarni kim yuborgani noma’lum.
Finlandiyaning Rossiyadagi elchixonasi uchta xat kelib tushgani, ulardan birida oq kukun borligi sababli Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Qayd etilishicha, xatlar elchixona binosiga 13 aprel kuni yetkazilgan. Ulardan birinchisini ochish paytida oq kukun aniqlangan. Shundan so‘ng, qolgan konvertlar ochilmasdan qoldirilgan. Xatlarni kim yuborgani noma’lum.
«Finlandiya Tashqi ishlar vazirligining xavfsizlik qoidalariga muvofiq, ushbu maktublar Rossiya rasmiylariga topshirildi, ular ushbu masalani qo‘shimcha o‘rganmoqda», deyiladi Finlandiya elchixonasi xabarida.
Diplomatik departamentning ta’kidlashicha, ular voqeadan so‘ng darhol Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilgan.
Avvalroq Fransiyaning Moskvadagi elchixonasiga suyaklar solingan jo‘natma yuborilgani xabar qilingandi. Qutini skanerlash vaqtida uning ichidan mayda hayvon yoki qush suyaklari topilgan. Ular qutini ochmay, elchixona tashqarisiga olib chiqqan. Jo‘natma Qrimning Sudak shahridan yuborilgani aniqlangan.
Mavzuga oid
08:40 / 23.04.2026
Finlandiyada dunyodagi eng uzun piyodalar ko‘priklaridan biri ochildi
22:02 / 21.04.2026
Finlandiyada dunyodagi eng uzun piyodalar ko‘prigidan biri ochildi
14:45 / 01.01.2026
Finlyandiya politsiyasi Boltiq dengizida Rossiyadan kelayotgan kemani qo‘lga oldi
13:06 / 17.11.2025