Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘smirlar hayotidagi noxush holatlar keng yoritilishi ularning ruhiyatiga yomon ta’sir qiladi” - psixolog
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘tish davridagi maktab o‘quvchilari bilan bog‘liq holatlarni yoritishda OAV va blogerlarni ehtiyotkorlikka chaqirib, psixolog tavsiyalarini e’lon qildi.
Psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi psixologi Feruza Inog‘omovaga ko‘ra, voyaga yetmagan o‘quvchilar hayotiga daxldor noxush holatlarning keng yoritilishi ularning ruhiyatiga aks ta’sir ko‘rsatadi va bu ilmiy jihatdan asoslangan.
Psixolog voyaga yetmaganlar o‘rtasida yuz berayotgan qaltis vaziyatlar, huquqbuzarlik, jinoyatchilik, o‘z joniga qasd qilish kabi salbiy holatlarni yoritishda e’tiborliroq bo‘lish kerakligini qayd etgan.
Shuningdek, mutaxassis o‘tish davridagi yigit-qizlarni har tomonlama eshitish kerakligini, ota-onalar ham ularga eng yaqin do‘st bo‘lishga harakat qilishi lozimligini ta’kidlagan.
Mavzuga oid
20:00 / 17.02.2025
“Psixoximik”ning oilaviy avantyurasi. “Gold terapi”ga aldanganlar nimalarni boshdan kechirdi?
20:10 / 25.12.2024
O‘zbekiston uchun sinov: Aholi ko‘payishi bilan inson kapitali ham o‘sishi kerak
08:59 / 02.11.2023
Ota-onasini tinglashni xohlamaydigan bola bilan qanday muloqot qilish kerak – psixolog tavsiyalari
07:44 / 08.07.2023