AQShda - o‘smirning tug‘ilgan kunida ommaviy otishma sodir bo‘ldi
Alabama shtatining Deydvill shahrida sodir bo‘lgan ommaviy otishmada kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda Fox News.
Alabama shtatidagi Deydvill shahrida 16 yoshli o‘smirning tug‘ilgan kunida yuz bergan ommaviy otishmada kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda 16 aprel kuni Fox News xabar berdi.
Tergov Alabama huquqni muhofaza qilish agentligining Davlat tergov byurosi maxsus agentlari tomonidan olib borilmoqda. Deydevill politsiya boshqarmasi, sherif va okrug prokuraturasi ofislari, Federal tergov byurosi xodimlari voqea joyida ishlayapti.
Oq uy voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib boryapti hamda mahalliy hokimiyat va huquq-tartibot idoralari bilan aloqada.
Otishma 15 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:30 lar atrofida tug‘ilgan kunni nishonlash chog‘ida sodir bo‘ldi, dedi Alabama huquq-tartibot idorasi serjanti Jyeremi Burkett.
Hujumchi qo‘lga olingani yoki u qanday maqsadda harakat qilgani hozircha noma’lum. Deydvillda taxminan 3200 kishi yashaydi.
Qurolli zo‘ravonlik arxivi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil boshidan beri 15 hafta ichida Qo‘shma Shtatlarda kamida 162 ommaviy otishma sodir bo‘lgan. Kuniga o‘rtacha 1,5 ta shunday hodisa qayd etilgan.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024