Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami yetkazildi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
O‘zbekiston prezidenti topshirig‘iga asosan, afg‘on xalqiga 185 tonnadan ortiq zarur oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan navbatdagi insonparvarlik yuklari karvoni Hayraton chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakat Balx viloyati shimolidagi Hayraton shahriga yetkazildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bug‘doy, 15,7 tonna o‘simlik yog‘i, 10 ming 20 dona konservalangan go‘sht mahsulotlari (tushyonka), 22 tonna makaron, 24 tonna shakar hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan lag‘mon o‘rin olgan.


Hayraton shahridagi «Astras» kompaniyasi hududida O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev, Surxondaryo viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari Anvar Oripov, Afg‘oniston iqtisodiyot vaziri Dilmuhammad Hanif va boshqa rasmiylar ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Ikki davlat rasmiylari ishtirokida hududlar o‘zaro savdo-iqtisodiy va humanitar sohadagi hamkorligini rivojlantirish borasida muzokaralar o‘tkazildi. Tadbirda ishtirok etgan afg‘onistonlik rasmiylar Ramazon oyida ko‘rsatilayotgan bu kabi amaliy yordam uchun O‘zbekiston xalqiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.


Mavzuga oid
20:01 / 17.02.2026
Afg‘onistonga sovetlar bosqinida Xitoyning pozitsiyasi qanday edi?
13:52 / 26.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
09:58 / 24.01.2026