Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat xizmatlarini qo‘shimcha to‘lov asosida joyiga chiqqan holda ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi
Vazirlar Mahkamasining “Qo‘shimcha to‘lov asosida joyiga chiqqan holda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida davlat xizmatlarini qo‘shimcha to‘lov asosida xizmat ko‘rsatuvchi xodimni fuqaro yashash joyiga chaqirish orqali maxsus texnik qurilmalar yordamida ko‘rsatish amaliyotini kengaytirish tartibi belgilangan.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘shimcha to‘lov asosida joyiga chiqqan holda davlat xizmatlarini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti tasdiqlanishi mumkin:
qo‘shimcha to‘lov asosida davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Adliya vazirligining Aloqa markaziga (“Call-markaz”), rasmiy veb-saytiga va telegram-bot orqali murojaat qilish;
davlat xizmatlarini joyiga chiqish orqali maxsus texnik qurilmalar yordamida (planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan texnik qurilmalar) ko‘rsatish.
Belgilanishicha:
2023 yil 1 oktyabrdan boshlab, davlat xizmatlarini qo‘shimcha to‘lov asosida maxsus texnik qurilmalar yordamida (planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan texnik qurilmalar) xizmat ko‘rsatuvchi xodimni joyiga chiqqan holda ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi;
davlat xizmatlarini ko‘rsatishda “Call-markaz”, rasmiy veb-sayt va telegram-botdan foydalaniladi.
Adliya vazirligi “Call-markaz”, rasmiy veb-sayt va telegram-bot orqali qo‘shimcha to‘lov asosida joyiga chiqqan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha buyurtmalar qabul qilish va mazkur buyurtmalarni tegishli Davlat xizmatlari markazlariga yuborish imkoniyatini yaratadi.
Mavzuga oid
22:36 / 04.07.2026
Soliq organlari to‘lov jarayonlariga aralashmasligi ma’lum qilindi
11:30 / 25.06.2026
Quva tumani hokimi ham fermerni haqoratlagani aytilmoqda
08:54 / 25.06.2026
Yoshlar uchun davlat xizmatiga kirish tartibi soddalashtiriladi
18:43 / 24.06.2026