Bir inson umri davomida ona tilidagi u yoki bu söz jamoatçilik tafakkurida yoki rasmiy ritorikada öz ma’nosini keskin özgartirişi mumkinligi avvaldan yaxşi ma’lum. Bu özgariş ayrim hollarda avval boşidagiga umuman zid keladigan tarzda bölişi ham mumkin.
Bolaligi uruş davrlariga töğri kelgan akam, masalan, otamiz ofitser ekanidan juda faxrlanardi. Uruşning eng qaynoq pallalarida ofitserlik rutbasiga erişgan otamiz esa, «ofitser» sözi haqoratomuz ma’no kasb etgani — ofitser deganda «oq ofitser»lar tuşunilgan çoğlarni yaxşi eslagan. Qizil armiyada esa komandirlar bölgan. Otamiz uruşga komandir bölib jönab ketib, ofitser bölib qaytib kelgan, — deb yozadi adib va şoir Lev Rubinşteyn.
Yana «köngilli» degan söz bölardi. Beminnat ijtimoiy harakatga moyil insonni bildiradigan beozorgina söz. 1941 yilda frontga köngilli ravişda otlanganlar juda köp bölgan. Ular asosan ösmir yigitçalar, keçagi maktab öquvçilari, maşq ötamagan, qurol otib körmagan bolalar edi va ularning sanoqlilarigina frontdan tirik qaytgan.
Mening ösmirlik çoğlarimga kelib bu söz «köngilli komsomolçilar» kabi söz birikmalari paydo bölişiga sabab böldi. «Qizil xoç va yarimoy», «Tabiatni asraş», «Armiya, aviatsiya va flotga kömak körsatiş», «Öt öçiruvçilarga yordam» kabi sanoqsiz «köngillilar jamiyati» kabilarni-ku, sanab adoğiga yetib bölmaydi. Lekin rostdan ham hammasi köngilli yordam bölgan.
1970-yillar örtalarida qandaydir ilmiy muassasada işlovçi özimdan kattaroq tanişimning hikoyasini eslayman. Navbatdagi «kommunistik şanbalik»da (hozirgi bizdagi umumxalq haşarining «bobokaloni») xodimlarni anjumanlar zalida töplaşgan, u yerda partiya taşkiloti raisi «mazkur tadbir» nihoyatda ahamiyatli ekani haqida gapirgan. «Roppa-rosa sakkiz-u nol-nolda hamma öz iş joyida bölişi kerak… Iş qurollari taşkiliy ravişda bölimlarga qarab tarqatiladi… Bu muhim siyosiy masala ekanini hisobga olinglar… Kim bu tadbirda sababsiz iştirok etmasa, özidan xafa bölsin...». Xullas, mana şunaqa tarzda.
Özining otaşin nutqidan söng u piça sukut saqlab, ifodali tarzda, barçasini böğinga bölgan holda irod qilgan: «Le-kin ham-ma-si ix-ti-yo-riy ra-viş-da bo‘-li-şi ke-rak! Tuşuntiroldimmi?»
Bu yerda nimasi tuşunarsiz bölişi mumkin, tavba. Aynan öşa yillari «ixtiyoriy-majburiy tartibda» körinişidagi söz qurilmasi paydo bölgan.
Pionerlik yillarimda fuqarolar uruşi iştirokçisi bölgan qariya qöşni ayoldan «Paroxod plyvyot, dymit kolsami. Budem rybu my kormit dobrovolsami» («Kema suzib borar, tutun burqsitib, baliqlarni köngillilar bilan boqamiz») qabilidagi çastuşka (törtlik şe’r) eşitganman. Öşanda menga bu şe’r tahqirlovçi, yumşoqroq qilib aytganda, ğalati köringan. «Köngilli xalq drujinasiçi»-çi? DOSAAF-çi (Vsesoyuznoye dobrovolnoye obşçestvo sodeystviya armii, aviatsii i flotu — Butunittifoq armiya, aviatsiya va flotga kömak körsatuvçi köngillilar jamiyati)? Men öşanda fuqarolar uruşi davrida oqlarga yordam beruvçilar köngilli (dobrovolets) deb atalganini qayoqdan bilay? Keyinroq yana bir kampirdan — u ham «sobiq»lardan — şu çastuşkaning boşqaçaroq variantini eşitdim: unda baliqlarga yem sifatida komsomolçilar tilga olingan. «Köngilli komsomolçilar» mening şuurimda ziddiyatlar kuraşi va birlik töğrisidagi dialektik qonuniyatning lönda illyustratsiyasiga aylanib qolgandi.








