Ötgan yilning kuzida antropolog Aleksandra Arxipova özi işlayotgan joylardan birida çaquvga duçor böladi va uni uyuştirgan inson bilan boğlanadi. U K. ismli sobiq öqituvçi ayol bölib, özining qilayotgan «işi» haqida jon-jon deb hikoya qilib beradi.

«Men ikki kun içida çet el agenti deb topilgan şaxslar va naşrlarning Youtube’dagi kanalida 20 soatdan ortiq videolarni körib çiqaman. Videolarda sözga çiqqan va Rossiyada yaşab turgan insonlarni belgilab olaman, masalan, biror narsani izohlagan oliy öquv yurti öqituvçisi, maktabda dars beruvçi muallim va şu kabilar. Rossiyani tark etganlar haqida çaquv yozmayman, çunki ularni baribir hokimiyat javobgarlikka torta olmaydi», — degan nomi oşkor etilmagan çaqimçi ayol.

Ayol «Mediazona»ning savollariga anonim tarzda yozma javob berişga rozi bölgan. U bu işlarni şaxsiy manfaatini közlab amalga oşirayotganini yaşirmagan.

«Men bundan moddiy manfaatdorman. Gap şundaki, Ukraina hokimiyati uruşning dastlabki kunlaridan buyon Rossiya ularga «reparatsiya» tölaşi «şart»ligini ta’kidlab keladi. Moskvadagi amaldorlar özlarini xafa qildirib qöymaydi, albatta, lekin hududlar bu «reparatsiya»larni töplab berişga va 90-yillardagi kabi kuçişlatar tizimlarni qisqartirişga majbur böladi. Bu degani men yaşayotgan şaharda ulkan işsizlik va uning qarindoşi — jinoyatçilik darajasi ortadi, narx-navolar kötariladi», — degan ayol.

Aleksandra Arxipovaning yozişiça, K. ismli ayol çaqimçilarning ikki turi böladi, deb hisoblaydi. Şunçaki fuqaroviy çaqimçi (u bir marta çaquv yozadi va inson jazoga tortilgaç, ortiq yozmaydi) va professional çaqimçi (K. kabi oylik olmasdan doimiy ravişda çaquv uyuştiradi). 

«Mediazona» suhbatdoşining hisob-kitobiga köra, u uruş boşlanganidan buyon 922 marta çaquv yozgan. U 40 yoşlar atrofida, milliondan ziyod aholiga ega şaharlardan birida özining şaxsiy kvartirasida yaşaydi, doimiy bölmagan işda işlaydi, sudxörlik bilan kun köradi. Böş vaqti köp bölgani uçun «ikki kun içida ikkita» grafigida çaquvlar uyuştirib turadi. 20 soat töxtovsiz video körgaç, ikki kun dam ham oladi. Özi tan olişiça, «bunday oğir videolarni körgandan söng hordiq çiqariş ham kerak».

Özining xatti-harakatini K. «qonida borligi» bilan ham tuşuntiradi.