13 may kuni Urugvayda milliy motam ruhi hukm surdi. Mamlakatni 2010-2015 yillarda boşqargan Xose Muxika 90 yoşga tölişiga bir neça kun qolganida saraton kasalligi tufayli vafot etdi. Eng kambağal yoki eng saxovatli davlat rahbari sifatida ta’riflanadigan El Pepe kim edi va nega bu darajada katta maşhurlikka erişgan?
Partizanlar harakati yetakçisi
Xose Muxika 1935 yilda Montevideo yaqinida tuğilgan. Otasidan erta yetim qolgan bölajak siyosatçi maktab paytidanoq oğir mehnat bilan şuğullanişga majbur böladi. Uning yoşlik yillari Urugvayda an’anaviy siyosiy model — hokimiyatni navbatma-navbat boşqargan Milliy partiya va Kolorado partiyasi inqirozga uçrab, mamlakat iqtisodiy qiyinçiliklar girdobiga tuşgan davrga töğri kelgan. Taşqi qarz, inflatsiya, ijtimoiy tengsizlik va qaşşoqlik ortib borardi. Har qanday iş taşlaş yoki norozilik namoyişlari politsiya va harbiylar tomonidan şafqatsiz bostirilgan.
Natijada urugvaylik yoşlar radikallaşib, er osti harakatlariga qöşila boşlaydi. Bu jarayon Kuba inqilobi misolida butun Lotin Amerikasini qamrab oldi. Iştirokçilar qurolli yöl bilan ijtimoiy adolat örnatişni istar edilar. 1963 yilda Urugvayda «Milliy ozodlik harakati – Tupamaros» taşkil topdi. Muxika ham 26 yoşida uşbu taşkilotga qöşiladi.
«Tupamaros» guruhining maqsadi kuraş uçun zarur bölgan mablağ va qurol topiş edi, şu sababli ular banklar, kazinolar va qurol omborlarini talon-toroj qilgan, hatto oziq-ovqat ortilgan yuk maşinalarini ham öğirlaydi. Muxika aksariyat şafqatsiz töqnaşuvlarning faol iştirokçisi bölgan, tanasidagi juda köp jarohat izlari ana şu mojarolardan «esdalik» edi.
Öz mamlakatida El Pepe laqabi bilan maşhur bölgan bölajak prezident 4 marta hibsga olingan. 1971 yil sentabr oyida u Urugvay tarixidagi eng yirik qamoqdan qoçiş operatsiyalaridan birida ham iştirok etadi. Montevideodagi qamoqxonadan er osti tunneli orqali bir vaqtning özida 106 kişi qoçişga muvaffaq bölgan. Ammo Muxika 1972 yilda yana qölga olinadi.
14 yillik qamoq
Yana qamoqqa qaytarilgan Xose Muxika va boşqa «Tupamaros» yetakçilariga qarşi heç qanday sud ötkazilmagan, ularga qarşi rasmiy ayblov ham qöyilmaydi. U közlari boğlangan holda ma’lum vaqt oraliğida bir harbiy qismdan boşqasiga köçirilgan va yerosti zindonlarda saqlangan. Yillar davomida quyoş nurini körmagan va doimiy izolyatsiyada bölgan. Xususan, 14 yillik qamoqning 12 yilini alohida kamerada ötaydi. U keyinçalik öşa davrlarni eslar ekan, ikki yil davomida quduq tubida töliq izolyatsiyada ötirganini, aqldan ozmaslik uçun esa qurbaqalar bilan suhbatlaşişga majbur bölganini qayd etadi.
1985 yilda Urugvayda harbiy diktatura qulaydi va mamlakatda hokimiyat demokratik saylovlar natijasida şakllantiriladi. Yangi hukumat umumiy amnistiya e’lon qiladi. Ozod qilingan siyosiy mahbuslar orasida 50 yoşli Xose Muxika ham bor edi.
Ozodlikka çiqqaç El Pepe siyosiy hayotga qayta qadam taşlaydi. Avvaliga deputat, söngra senator va qişloq xöjaligi vaziri sifatida faoliyat olib boradi. U 2009 yilda ötkazilgan prezidentlik saylovlarida ğalaba qozonadi va Urugvayni 5 yil davomida boşqaradi. Bu davrda qaşşoqlik darajasi 18,5 foizdan 9,7 foizgaça tuşdi, mamlakat tarixidagi eng past işsizlik darajasi (6,3 foiz) qayd etildi. Ijtimoiy adolat va inson huquqlari masalalarida katta islohotlar amalga oşirildi.

Keyinçalik yana hukumat tepasida qoliş imkoniyati bölsa-da, Muxika buni rad etadi. Şundan söng bir muddat senator bölib işlaydi va 2020 yilda siyosatdan töliq ketganini e’lon qiladi.
«Eng kambağal prezident»
Davlat rahbarligiga kelgan Muxika prezident uçun möljallangan şohona saroydan voz keçib, qişloqdagi kiçik uyida istiqomat qilişni davom ettiradi. Poytaxt bilan uning fermasini kattagina tuproq yöl boğlardi. U köçadagi quduqdan suv olgan va rafiqasi bilan öz tomorqasida gul yetiştirardi.

Prezidentni himoya qiliş faqat ikkita politsiyaçi bilan çeklangan. Şkafida esa rasmiy uçraşuvlar uçun atigi bitta kostyumi bölgani aytiladi.
Muxika prezidentlik maoşining 90 foizini xayriya işlariga sarflagan. Uning fermasidan taşqari yagona mulki 1987 yilda işlab çiqarilgan, bozor narxi 1800 dollarni taşkil etuvçi Volkswagen Beetle avtomobili bölgan. Muxikaga 2014 yilda bu maşinani 1 mln dollarga sotiş taklif qilingan, biroq bunga rozi bölmagan. Şu sababli El Pepe ommaviy axborot vositalarida dunyodagi «eng kambağal yoki saxiy prezident» deya ta’riflab kelinadi va faoliyati dunyodagi köplab siyosatçilar uçun ibrat namunasi sifatida körsatildi.

Sobiq prezident öz turmuş tarzini quyidagiça izohlagan: «Odamlar meni eng qaşşoq prezident deb ataşadi, lekin men aslo özimni kambağal his qilmayman. Aslida faqat dabdabali yaşaş uçun işlaydiganlar kambağaldir. Ular boriga qoniqmasdan, yanayam köproq narsani xohlaşadi».











