«Arsenal» chempionlikni qo‘ldan chiqaradimi, Ispaniyada intriga tiriladimi va «Bavariya» taxtdan tushiriladimi?
Yevropa futbolida dam olish kunlaridagi asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.

Foto: OFFSIDE/OFFSIDE VIA GETTY IMAGES
Angliya: «Arsenal»da qatorasiga uchinchi durang
Arsenal — Sauthempton 3:3
Gollar: Martinelli (20), Edegor (88), Saka (90) — Alkaras (1), Uolkott (14), Chaleta-Tsar (66).
Arsenal – Remsdeyl, Uayt, Holding, Gabriel, Zinchenko (Nketia, 72), Parti, Edegor, Fabiu Viyeyra (Trossar, 57), Saka, Martinelli (Nelson, 85), Jyezus.
Sauthempton – Bazunu, Uoker-Piters, Bednarek (Chaleta-Tsar, 41), Bella-Kochap, Perro, Elyunussi, Uord-Prouz, Lavia (Diallo, 86), Alkaras (Voynovich, 46), Uolkott (Sulemana, 77), Armstrong (Onuachu, 77).
Ogohlantirishlar: Alkaras (27), Perro (32), Uoker-Piters (42), Zinchenko (45), Armstrong (76), Diallo (90+4).
2023 yil 15 yanvar. «Arsenal» safarda «Tottenhem»ni chiroyli, o‘z uslubida va ishonch bilan yengib (2:0), mavsumda ikkinchi Shimoliy London derbisida ham g‘alaba qozondi.
Bir hafta o‘tib, 22 yanvar kuni, «kanonirlar» uyda Eddi Nketianing 90-daqiqada urgan goli evaziga «Manchester Yunayted»ni taslim etdi (3:2). Va yana Mikel Arteta jamoasi ko‘rsatgan sifatli futbol muxlislarni hayratga soldi.
Bu ikki o‘yin, o‘sha kunlarda Angliya mediasida yozilganidek, haqiqiy statement, ya’ni chempionlik ambitsiyalari to‘g‘risidagi bayonot edi.
18 fevral, Birminghemda «Aston Villa»ga qarshi o‘yin, «Arsenal» o‘yin davomida ikki bor hisobda ortda boradi — 0:1 va 1:2, ammo yakunda g‘alabaga erishadi — 4:2. Hal qiluvchi golni 90+3-daqiqada amalda Jorjino uradi (to‘p «Villa» darvozaboni Emi Martinesning boshiga tegib darvozaga kirib ketgandi).
4 mart, London, «Emireyts». «Arsenal» «Bornmut»ga qarshi o‘yinning 57-daqiqasiga qadar 0:2 hisobida ortda edi, ammo qolgan vaqt davomida uchta gol uradi — 3:2. G‘alaba goli 90+7-daqiqada zaxira vakili Ris Nelsonning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llangan zarbasi orqali uriladi.
Birminghemdagi va «Bornmut»ga qarshi o‘yindagi kabi g‘alabalar chempionlarga xos o‘yinlar sifatida qabul qilinadi. Titulga aynan shunday o‘yinlarda, burilish yasash va raqibni taslim etish, qolaversa, buni sifatli amalga oshirish orqali erishiladi.
21 aprel, «Arsenal» «Sauthempton»ni qabul qildi, o‘yin davomida 0:2 va 1:3 hisoblarida ortda bordi, ammo 88- va 90+1-daqiqalarda gollar urdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda Trossarning zarbasi to‘singa tegdi, Ris Nelson bu safar xaloskorga aylana olmadi, uning deyarli bo‘sh qolgan darvozaga yo‘llangan zarbasiga yerda yotgan himoyachi to‘g‘anoq bo‘ldi. Hakamning o‘yin yakunlangani to‘g‘risidagi hushtagidan keyin londonlik futbolchilar futbolkalarini boshlariga tortishdi, gazonga qulashdi yoki Londonning tungi osmoniga umidsizlik bilan tikilishdi. Arteta esa bu vaqtda bulutli osmondan ham zulmatliroq tus olgan kiyim almashtirish xonasiga yo‘l oldi.

«Arsenal» mavsumning hal qiluvchi qismida uch o‘yinda g‘alaba qozona olmadi, uch o‘yinda ham durang o‘ynadi. Avvaliga «Liverpul» va «Vest Hem» bilan o‘yinlarda tezkor gollar tufayli qo‘lga kiritilgan ustunlikni boy berdi, har ikki o‘yinda ham 2:0 hisobi 2:2 ko‘rinishiga kelgandi, endi esa turnir jadvalining eng oxirgi o‘rnida joylashgan, mavsum davomida uch murabbiy almashgan jamoa bilan o‘yinda ochkolar bo‘lishib olindi. Natijada «kanonirlar» yo‘qotilgan ochkolar bo‘yicha «Manchester Siti»dan ortda qolmoqda, «Etihad»da 26 aprel kuni o‘tkaziladigan o‘zaro uchrashuv esa hayot-mamot jangiga aylandi. Lekin endi londonliklarni bu o‘yinda durang ham qoniqtirmaydi, jamoa barchasi o‘ziga bog‘liq bo‘lishi uchun faqat g‘alaba qozonishi darkor.
Hozirda futboldagi asosiy mavzu — «Arsenal» 19 yil kutilgan chempionlikni qo‘ldan chiqarayotgani haqida. Asosiy leytmotiv (asosiy fikr) — o‘z baxtidan cho‘chib ketish, ruhiy bosimga dosh berolmaslik, bunday chempionlik poygalaridagi tajriba va toblanish yo‘qligi. Ammo, umuman olganda, bular vaziyatni to‘la tushuntira olmaydigan so‘zlar to‘plami. Chunki «kanonirlar»ning so‘nggi uy o‘yinini umumlashtiradigan jihat faqat bitta — natija, bu natijalar esa turlicha o‘yinlarda qayd etildi.
Tajriba, albatta, muhim jihat, ammo «Arsenal» safida chempionlik ta’mini totib ko‘rgan Gabriel Jyezus, Oleksandr Zinchenko va Jorjino ham bor. Qolaversa, 2021 yil «Lill» va 2022 yilda «Milan» tegishli tajribaga ega bo‘lmay turib, uzoq yillardan keyingi ilk chempionlik poygasida ustunlikni saqlab qola olgandi.
Yuqorida eslab o‘tilgan «Villa» va «Bornmut»ga qarshi o‘yinlar ham «cho‘chib ketish», «xarakter yetishmasligi» va boshqa tezislarni rad etadi. Ammo buni butun chempionat kontekstidan ko‘rib chiqish qiziqarliroq. «MYu» ustidan qozonilgan g‘alaba ortidan nima bo‘lgandi – autsayder «Everton»ga safarda mag‘lubiyatga uchralgan (0:1), uyda «Brentford» bilan durang qayd etilgan (1:1), «Emireyts»da «Siti»ga qarshi o‘rtamiyona o‘yin ko‘rsatilib, yutqazilgandi (1:3). Shundan keyin ham «barchasi tugagani» va sovrin uchun kurashdagi tashabbus «MS» qo‘liga o‘tib ketgani haqida gapira boshlashgandi.
Uch kun o‘tib esa «Arsenal» «Villa»ga tashrif buyurdi va bu yerda Jorjino 90+3-daqiqadagi harakati bilan yetti uchrashuvdan iborat g‘alabali seriyaga start berdi, bu oraliqda «Bornmut»ga qarshi heppi-end kuzatilgan o‘yin ham bor. Bu shuni anglatadiki, «kanonirlar»da bu mavsumda «yomon oraliq» ro‘y berib bo‘lgan. O‘shanda barchasi yomon bo‘lib ko‘ringan, ammo ular to‘g‘ri reaksiya qilish uchun resurslar topa olishgandi. Hozir ham shunga o‘xshash holat. O‘shanda Jyezussiz vaziyatni o‘nglashga to‘g‘ri kelgan, hozir esa — himoya markazida yo‘qligi sezilayotgan Uilyam Salibasiz. Ambitsiyalarni tasdiqlash uchun bundan yaxshiroq taqvim bo‘lmaydi: «Siti» (safar), «Chelsi» (uy) va «Nyukasl» (safar).
Va nihoyat, aytib o‘tish kerak bo‘lgan yana bir narsa bor — bu kutilma. «Vest Hem» bilan o‘yindan keyin Britaniyadagi sport mediasidagi bosh konservator sanalgan Roy Kin Sky Spors efirida agar «Arsenal» mavsum yakunida sovrinni qo‘lga kirita olmasa, bu «fojia» bo‘lishini aytdi. Lekin internet barchasini yodda saqlaydi va quyida shunchaki fakt keltiriladi: mavsum avvalida Kin ham boshqa barcha ekspertlar qatori «kanonirlar»ni umuman chempionlikka nomzod sifatida ko‘rmagan.
Avgustda VVS’ning mavsum uchun prognoz bergan 12 ekspertidan birortasi «Arsenal»ni to‘rtinchi o‘rindan yuqoriga qo‘ymagan. The Athletic nashrining 42 jurnalistidan birortasi jamoaga taxminiy top-2’dan o‘rin topib bermagan va faqat olti nafari londonliklar uchinchi o‘rinni olishi mumkinligini aytishgan. Opta superkompyuteri Arteta jamoasining chempionlik uchun imkoniyatlarini 0,13 foizga baholagan (taqqoslash uchun: «Liverpul»da 49,7 foiz, «Siti»da — 47 foiz edi), top-4’ga kirish ehtimoli esa — atigi 22 foizga baholangan. «Sport Ekspress» tahririyatida ham APL uchun prognozlar berilganida, faqat bir kishi «Arsenal»ni top-4’ga kiritgan, shunda ham to‘rtinchi o‘ringa qo‘ygan. Endi esa barcha «Arsenal» qo‘lidagi sovrinni berib yuborayotganini muhokama qilmoqda.
«Liverpul»ning yorqin o‘yini va Mahrezning het-trigi
Liverpul – Nottinghem Forest 3:2
Gollar: 1:0 – 47 Diogu Jota, 1:1 – 51 Uilyams, 2:1 – 55 Diogu Jota, 2:2 – 67 Gibbs-Uayt, 3:2 – 70 Saloh.
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Roberson, Henderson, Fabino (Tiago Alkantara, 60), Jons (Milner, 81), Saloh, Diogu Jota (Dias, 81), Gakpo (Nunes, 60).
Nottingem Forest – Navas, Uilyams, Felipe (Dennis, 87), Makkenna (Uorrell, 30), Niakate, Lodi (Ayyu, 87), Froyler (Jonson, 76), Mangalya, Gibbs-Uayt, Danilo, Avoniyi (Serrij, 87).
«Enfild»dagi o‘yinning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qolgach, qizillar ikkinchi bo‘limni juda kuchli boshlashdi. «Liverpul» o‘tkazgan gol ham mavsum arafasida «Notinghem»ga sotilgan klub tarbiyalanuvchisi Neko Uilyams hisobiga yozildi. Ammo bu himoyachi ham, uning sheriklari ham kurajni ushlab olgan va qatorasiga ikkinchi o‘yinda dubl rasmiylashtirgan Diogu Jotani to‘xtata olmadi.
Qizig‘i shundaki, portugaliyalik hujumchi shu kunlarda taniqli vatandoshidan iqtibosni eslagandi. «Ronaldudan yodimda qolib ketgan bir gapni eshitgandim. U bir necha o‘yinni golsiz o‘tkazganida va undan bu haqda so‘rashganida, Krishtianu aytgandi: «Gollar — ketchup kabi». Birinchi gol urib olinsa, qolgani ham kelaveradi, umid qilamanki, bu menga ham tegishli bo‘ladi», — degandi Jota o‘zining muvaffaqiyatli seriyasidan oldin.
Hissiyotlari uni aldamadi, ammo bu safargi o‘yinda Yurgen Klopp jamoasiga uning gollari ham yordam bera olmasligi mumkin edi. Jotaning ikkinchi goliga Gibbs-Uayt tomonidan ham javob qaytarildi. Lekin shundan ko‘p vaqt o‘tmasdan Saloh Aleksandr-Arnoldning standart vaziyatdan uzatgan to‘pini darvozaga joyladi, o‘yin oxirlarida esa Jonson uyushtirgan hujumdan keyin Alisson darvozasini goldan to‘sin qutqarib qoldi. Endi «Liverpul» beshinchi o‘rinda borayotgan «Tottenhem» bilan oradagi farqni uch ochkogacha qisqartirdi.
Manchester Siti – Sheffild Yunayted 3:0
Gollar: 1:0 – 43, penalti Mahrez, 2:0 – 61 Mahrez, 3:0 – 66 Mahrez.
Manchester Siti – Ortega, Uoker, Laport, Akanji, Bernardu Silva (Lyuis, 81), Serxio Gomes, Gundo‘g‘an (Fillips, 75), Grilish (Palmer, 67), Mahrez, Xoland (Foden, 68), Alvares.
Sheffild Yunayted – Foderingem, Boldok (Bogl, 76), Robinson, Igan, Ahmedhojich (Kulibali, 76), Lou, Flek (Sharp, 66), Norvud, Berge (Bashem, 75), Ndiay, Jyebbison (Makberni, 58).
Chorshanba kuni «Manchester Siti» Chempionlar ligasi yarimfinaliga yo‘llanmani hal qilgandi. Juma kuni «Arsenal» qatorasiga uchinchi o‘yinda durang o‘ynashi «shaharliklar»ni APL turnir jadvalining soyadagi yetakchisiga aylantirdi, hafta esa Xosep Gvardiola jamoasi uchun Angliya Kubogi finaliga chiqish bilan yakunlandi. Yarimfinaldagi raqib chempionship vakili ekani hisobga olinsa, bundan boshqacha natija kutilmagandi ham.
Bu o‘yinda hatto Holandning gollariga ehtiyoj sezilgani yo‘q. To‘purar rolini het-trik amalga oshirgan Mahrez bajardi. «Uembli»da turnir yarimfinalida 1958 yildan buyon hech bir futbolchi uchta gol urmagandi. O‘shanda bunday tryukni «MYu» vakili Aleks Douson uddalagan. Jahon futbolidagi eng keksa tarixga yana bir murojaat 1965/66 yillar mavsumidagi Angliya Kubogini yodga soladi. O‘shanda «Everton» finalgacha birorta gol o‘tkazmasdan, unikal natija qayd etgandi. 57 yil o‘tib esa «Manchester Siti» buni takrorlamoqda.
Germaniya: Tuxelning muvaffaqiyatsizligi
Mayns – Bavariya 3:1
Gollar: 0:1 – 29 Mane, 1:1 – 65 Ajork, 2:1 – 73 Barreyro, 3:1 – 79 Aaron Martin.
Mayns – Tsentner, Vidmer, Bell, Xanche-Olsen, Fernandesh (Xak, 83), Kasi (Aaron Martin, 46), Kor (Shtax, 64), Li Chje Son (Barkok, 77), Barreyro, Onisivo, Ajork (Ingvarsen, 77).
Bavariya – Zommer, Joau Kanselu, Upamekano, de Ligt, Stanishich, Goretska, Kimmih (Gravenberh, 75), Myuller (Tel, 75), Mane (Sane, 80), Musiala (Gnabri, 80), Devis (Mazraviy, 9).
So‘nggi vaqtlarda har ikki o‘yindan birida qoqilayotgan «Bavariya» «Mayns»ga qarshi safar o‘yinida bu an’anasini davom ettirishi ko‘pchilikni hayron qoldirgani yo‘q. Bu raqib ikkinchi davrani juda kuchli o‘tkazmoqda va yevrokuboklarga yo‘llanma olishga da’vogar bo‘lib turibdi. Lekin Sane bilan mojarodan keyin oqlanib, safga qaytgan Mane birinchi bo‘limda hisobni ochgach, barchasi myunxenliklar nazoratida turgandek tasavvur uyg‘ondi. Ikkinchi bo‘limda esa chempionlarning ta’ziri berildi.
Barchasi mezbonlar standart vaziyatda to‘pni o‘yinga kiritganida, raqib jarima maydoni ichidagi palapartishlik yuzaga kelishi va Zommer qaytargan to‘pga birinchi bo‘lib Ajorka yetib kelishi bilan boshlandi. Keyin ushbu fransuz havoda to‘p uchun kurashda yutib chiqdi, Onisivo esa Stanishichni ortda qoldirib, qulay pozitsiyada turgan Barreyroni to‘p bilan ta’minladi. Shu kuni o‘z tug‘ilgan kunida uzoq burchakni aniq nishonga olgan Martin esa mehmonlarni butunlay nokautga uchratdi.
Hozircha Yulian Nagelsmanning iste’fosi rahbariyatning ahmoqona qarori bo‘lib ko‘rinmoqda. Tomas Tuxel esa jamoa boshqaruviga kelganidan buyon yetti o‘yinda faqat ikki g‘alabaga erishdi. «Bavariya» boshqaruvidagi bu yetti o‘yindan uchtasida u yutqazdi — Nagelsmann 37 uchrashuvda jami shuncha o‘yinda mag‘lub bo‘lgandi. Shu bilan birga, «Bavariya»ning bu safargi mag‘lubiyatida «Mayns»da ishlayotgan Bo Svenssoning ham hissasini qayd etish kerak. Ikki yil muqaddam jamoa boshqaruviga kelgan ushbu 43 yoshli daniyalik Germaniyaning ushbu gegemon jamoasiga qarshi uchta uy o‘yinida ham g‘alaba qozongan. Lekin bu rekord emas: 90-yillar o‘rtalarida Folker Finke ham «Frayburg»da shunday boshlagandi.
Borussiya D — Ayntraxt 4:0
Gollar: Bellingem (19), Malen (24, 66), Hummels (41).
Borussiya D – Kobel, Ryuerson, Hummels, Shlotterbek (Zyule, 25), Gerreyru (Volf, 70), Jan, Brandt (Roys, 70), Bellingem (O‘zjan, 77), Aller (Mukoko, 77), Malen, Adeyyemi.
Ayntraxt – Trapp, Buta, Lens, Tuta, Hasebe (Gebur, 70), Gyotse, Rode (Borre, 52), Sou, Ebimbe (Alidu, 84), Kolo-Muani (Aaronson, 70), Knauff (Kamada, 46).
Ogohlantirishlar: Lens (13), Kolo-Muani (23), Rode (49), Bellingem (54), Adeyyemi (82).
Avvalgi turda «Borussiya» Shtutgartda kechgan o‘yinning qo‘shib berilgan yettinchi daqiqasida gol o‘tkazib yuborib (3:3) bundesliga turnir jadvalida peshqadamlikni qo‘lga olish imkoniyatidan foydalana olmagandi. Lekin ancha kuchli raqib sanalgan «Ayntraxt»ga qarshi o‘yinda dortmundliklar juda samarali harakat qildi. Birinchi bo‘lim davomida Gyotse sobiq jamoadoshlarini ranjitish uchun qator imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Ammo u yoki zarba berishda adashdi, yoki Kobel qutqardi, yoki zarba yo‘liga himoyachilar to‘g‘anoq bo‘lishdi.
O‘z navbatida, «asalarilar» hujum chizig‘i ideal edi. 19-daqiqada Brandtning uzatmasidan keyin jarima maydoni ichida qayrilib to‘pni darvoza burchagiga yo‘llagan Bellingem hisobni ochdi. Ko‘p o‘tmay Kobelning uzoq masofaga yetkazib bergan to‘pidan keyin Aller va Adeyyemi havoda to‘p uchun kurashda ustunlik qilishdi va bu hujum Malenning aniq zarbasi bilan yakunlandi. Bo‘lim oxirida esa bundesliganing bu mavsumdagi eng yaxshi assistenti Rafael Gerreyruning uzatmasidan keyin kutilmaganda markaziy forvard pozitsiyasida paydo bo‘lgan Hummels hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.
Natijada ikkinchi bo‘lim rasmiyatchilikka aylandi, shunga qaramay Edin Terzich jamoasi sur’atni pasaytirmadi va to‘rtinchi gol bilan ham cheklanmasligi mumkin edi. Ammo bu mohiyatni o‘zgartirmaydi. Asosiysi — Dortmund jamoasini yana peshqadamlikka qaytargan g‘alaba. Jamoa bu chempionatda qatorasiga to‘qqiz o‘yinda g‘alaba qozondi va bu klubning yangi rekordi sanaladi. Ikkinchi o‘ringa tushirib yuborilgan «Bavariya» atigi bir ochkolik farq bilan ta’qib qilmoqda, lekin endi barchasi «Borussiya»ning o‘z qo‘lida — jamoalarning o‘zaro o‘yini o‘tib bo‘lgan. Dortmundliklar so‘nggi 10 yillikda gegemonlik qilgan «Bavariya»ni taxt tushirib, o‘z orzusiga yetishi uchun keyingi 5 turda g‘alaba qozonsa kifoya. Raqiblarning to‘rttasi 10-o‘rindan pastdagi jamoalar — «Bohum» (safar), «Volfsburg» (uy), «Borussiya» M (uy), «Augsburg» (safar), «Mayns» (uy). «Bavariya» esa keyingi turlarni «Herta» (u), «Verder» (s), «Shalke 04» (u), «Leypsig» (uy), «Kyoln» (s).
Ispaniya: Militao — havodagi qirol
Real — Selta 2:0
Gollar: Asensio (42), Militao (48).
Real – Kurtua, Nacho, Ryudiger, Militao, Kamavinga, Sebalos (Modrich, 81), Valverde, Tchuameni, Asensio (Vaskes, 76), Vinisius (Rodrigo, 81), Benzema.
Selta – Vilyar, Vaskes (Fernando, 78), Nunes, Tapiya, Galan (Svedberg, 73), Solari (Servi, 46), De La Torre, Beltran, Veyga (Pasiyensiya, 63), Seferovich (Oskar Rodriges, 63), Aspas.
Ogohlantirishlar: Vaskes (19), Sebalos (45), Galan (70).
Karlo Anchelotti o‘z veteranlari Kroos va Modrichga dam berdi. Ularning ikkisi ham Chempionlar ligasida ko‘p kuch sarflashgan, oldinda esa milliy chempionatning ikki turi o‘tkaziladigan tig‘iz hafta kutmoqda. Shuning uchun ham birinchi bo‘limda «Real»ga ushbu futbolchilarning dono harakatlari yetishmadi, ammo bo‘lim oxirida «Selta»ning yaxshi uyushgan himoyasi Dani Sebalyos, Vinisius Junior va Asensio tomonidan amalga oshirilgan namunali kombinatsiya orqali buzib o‘tildi.
Natijada 2014 yil mayidan buyon galisiyaliklarga yutqazmagan qaymoqranglilar muvaffaqiyatli seriyani 18 o‘yinga yetkazib qo‘yadigan bo‘ldi, shanba kungi o‘yin taqdiri ikkinchi bo‘lim boshidayoq hal qilindi, Eder Militao joriy mavsumda chempionat o‘yinlaridagi beshinchi golini urdi. Tabiiyki, barchasini to‘p burchakdan uzatib berilganidan keyin bosh bilan. Bu safargi burchak zarbasini Asensio ijro etdi, u kuchli beshlik chempionatlarida joriy kalendar yilida 8 gol urgan holda eng samarali ispan futbolchisi bo‘lib turibdi.
Finishga qadar sakkiz tur qolganida «Real»ning «Barselona» bilan farqi 8 ochkoni tashkil etmoqda. Bu juda ko‘p, ammo agar kataloniyaliklar yakshanba kuni «Atletiko»ni yenga olmasa, ko‘k-anorranglilar asabiylasha boshlashi mumkin. Peshqadamlar qatorasiga uchta o‘yinda gol ura olmadi, oldinda esa — Xavi uchun noqulay bo‘lgan «Rayo Valekano», shuningdek doimo grandlarga muammo tug‘dira oladigan «Betis»ga qarshi o‘yinlar kutmoqda. Shunday ekan, kataloniyaliklarning keyingi uch o‘yinida — Ispaniyada chempionlik intrigasi tug‘ilish-tug‘ilmasligi to‘g‘risidagi savolga javob topiladi.
Osasuna — Betis 3:2
Gollar: Budimir (6, 11), Monkayola (41) — Miranda (16), Rodriges (70).
Real Sosedad — Rayo Valekano 2:1
Gollar: Syorlot (59), Lejyen (81, avtogol) — Palazon (57).
Katta ehtimol bilan shanba kuni la ligadagi intrigalar bittaga kamaydi. Gap Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi to‘rtinchi o‘rin uchun kurash haqida ketmoqda, lekin barchasi uch kundan keyin Sevilyada «Betis» va «Real Sosedad» o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvda uzil-kesil hal bo‘ladi. 30-tur arafasida bu jamoalarni uch ochko ajratib turgandi va bu yashil-oqlar uchun ajoyib imkoniyat edi, chunki Ispaniyada ballar teng kelgan holda to‘plar nisbatiga emas, o‘zaro o‘yinlardagi natijaga qaraladi, Manuel Pellegrini shogirdlari esa birinchi davrada San-Sebastyanda kechgan o‘yinda g‘alaba qozongandi.
Ammo «Betis» barchasini o‘zi barbod qildi va safarda «Osasuna»ga yutqazdi. Paradoks shundaki, andalusiyaliklar o‘yin davomida darvozaga 21 bor zarba bergan bo‘lsa-da, bir ochko ham ololmadi. Bir necha soatdan keyin o‘z o‘yinini o‘tkazgan «Real Sosedad» esa darvoza sohasiga yo‘llagan birgina zarba bilan ham «Rayo Valekano»ni mag‘lub eta oldi. O‘yinda hisobni tenglashtirgan Syorlot — la ligada urgan gollari sonini o‘ntaga yetkazib, bu borada Karyudan keyingi ikkinchi norvegiyalikka aylandi.
O‘yin oxirida esa mehmonlar futbolchisi avtogol urib, basklar eng yaqin ta’qibchisini olti ochkoga ortda qoldirib ketishini ta’minladi. Agar Imanolya Alguasilya jamoasi seshanba kuni «Benito Vilyamarin»da yutqazmasa, uning Chempionlar ligasiga chiqish uchun imkoniyatlari yuz foizga yaqinlashadi.
Kun statistikasi
- «Torino» uch ochkolik tizimga o‘tilganidan buyon ilk bor Rimdagi «Olimpiko» stadionida o‘tgan qatorasiga uch o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi (+1=2).
- Germaniya chempionatining joriy mavsumida «Volfsburg» uch o‘yinda kamida beshta gol urdi. «Bo‘rilar» bunday ko‘rsatkichni 2009/10 yillar mavsumidan buyon qayd eta olmagandi.
- 8 mag‘lubiyatsiz seriya (+2=6) — «Salernitana»ning A Seriyadagi ishtiroki tarixidagi eng yaxshi oraliq davr.
- «Aston Villa» Unai Emeri boshqaruvida 19 o‘yin o‘tkazdi va bu o‘yinlarning barchasida gol urdi. Bu APL tarixida murabbiylar tomonidan qayd etilgan eng yaxshi seriya.
- «Lill» hujumchisi Devid Fransiya chempionatining 32 turida 21 gol urdi. So‘nggi 75 yillikda ushbu jamoaning faqat ikki futbolchisi bunday muddatda bundan yaxshiroq samaradorlikka erishgan. Bular o‘tgan asrning 40-50-yillaridagi yulduzlar Baratt va Temprovski bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Qotil» ekologiya, mashhurlar ortiga yashiringan firibgarlik va amaldorlarga majburiy til
Jahon | 12:28
-
Eco Expo Central Asia 2025 ko‘rgazmasi doirasida 120 dan ortiq kelishuv imzolandi
O‘zbekiston | 11:47
-
🔴 LIVE: NATO qurollanmoqda. Putin nima deydi? | “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 11:05
-
Tehronda Isroil zarbalari qurboni bo‘lgan general va olimlarning dafn marosimi o‘tkazildi – fotolar
Jahon | 09:58
Mavzuga oid

11:59 / 27.06.2025
Vinisius «Real»ni birinchi o‘rinda olib chiqdi, «Siti» «Yuventus»ga 5 ta gol urdi

10:10 / 23.06.2025
«Manchester Siti» «Al-Ayn»ni mag‘lub etdi. Abduqodir Husanov 61 daqiqa o‘ynadi

12:00 / 16.06.2025
Messi golsiz boshladi, «PSJ» «Atletiko»ni ham yakson etdi, «Bavariya» 10 ta gol urdi

20:39 / 28.05.2025