“Ota-onam birgalikda mehnat qilişganini körib katta bölganman. Ular bir-birlarini avaylaşardi. Onam topganini otamning qöliga tutardi. Otam ham tinim bilmaydigan mehnatkaş inson edi. Ularning siymosida men oila şunday böladi degan tuşunça bilan katta bölganman.
Turmuş örtoğimning ota-onasi yöq edi. Amakisining qölida katta bölgan, soddagina yigitdan sovçilar kelganda otam öylab ham ötirmadi. Yetimga yaxşilik qiliş savob, sepi ham kerakmas deb uzatib yubordi.
Er-xotin qöş hökiz deyişadi. Rözğor aravasini birga tortib, kam-köstlarini töldirib, farzandlarni uyli-joyli qilib yurişganiga nima yetsin, deb öylardim. Lekin ayol kişi köp ham özini qiynayverişi kerak emas ekan.
Erimning amakisi hovlisi etagidagi yerni uy solişimiz uçun bizga ajratib berdi. Ota-onamning tarbiyasini olgan emasmanmi, loy qorsa loyga, ğişt quysa ğiştga tuşdim. Erim bilan tengma teng işlab, uy kötardik.
Ikki xonani yaşasa böladigan holga keltirib köçib ötdik. Erim qişloqdagi u-bu işlarni qilar, şuning orqasidan bir kunimiz ötib turardi. Men ham bekor ötirmay deb yerning bir qismini çopib ekin eksa böladigan holga keltirdim. U-bu narsalar ekdim.
Erim yomon inson emas, faqat işni özi bilib-bilib qilmasdi. Unga nima qiliş kerakligini aytib turiş kerak edi. Lekin erimga iş buyurişga xijolat bölib, özim qilib qöyaverardim.
Bu orada farzandli böldik. Uyimiz quvonçga töldi. Şu bilan birga çiqimlarimiz ham köpaydi. Erim sovuq kunda şaharga borib mardikorçilik qilib yurdi. Gohida qöli böş qaytar, gohida tölib-toşib keladigan böldi. Xullas, qişdan bir amallab çiqdik.
Lekin erim yaxşigina şamollagan ekan. Bir muddat yotib qoldi. Qölimda yoş bolam, erimning amakilari ham katta oila, özlaridan ortmaydi, ota-onamdan pul söragani uyalaman, ularning ham öziga yaraşa xarajati bor.
Maslahatlaşib, Toşkentga qatnab savdo qiladigan qöşnimiz bilan işlaydigan böldim. Bolamni onamga taşlab qöşni ayol bilan yarim keçasi poytaxtga yöl oldim. Yangiobod bozorida işlatilgan buyumlar sotilarkan, rözğorga kerak böladigan nima bölsa, qozon, çoynak va boşqa idişlarni şu yerdan oldik.
Oğirligidan kötarolmay arava yolladik. Poyezdda viloyatimizga ham yetib keldik. Endi uni uyga olib boriş ham bir azob böldi. Uyga olib kelib hamma idişlarni yuvdim. Qoraygan qozonlarni oqartiriş oson bölmadi. Odatda qoraygan qozonni olovga qöyib, kuydirib tozalanadi. Kuydirayotganimda erib ketganlari ham böldi. Şunday paytlar alam qilib yiğlab ham olardim.














