Strategiya loyihasiga muvofiq, xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş tizimini kuçaytiriş, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlaş hamda gender tenglikni mustahkamlaş ustuvor vazifalardan biri sifatida qayd etilgan. Şu doirada xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş orqali boşqaruv lavozimlaridagi xotin-qizlar uluşini 30 foizdan oşiriş rejalaştirilmoqda.
Loyihada xotin-qizlarning zamonaviy könikmalarini rivojlantirişga ham alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faol foydalanişga jalb etilgan xotin-qizlar sonini har yili 100 ming nafarga (jami 500 ming nafarga) oşiriş belgilangan. Bu taşabbus xotin-qizlarning raqamli iqtisodiyotda iştirokini kengaytiriş, yangi kasblar va xizmatlar bozorida öz örnini topişiga xizmat qilişi kutilmoqda.
Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytiriş maqsadida xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik könikmalariga öqitiş kölamini 103 ming nafardan 200 ming nafarga oşiriş (66 foizdan 91 foizga yetkaziş) rejalaştirilgan. Şuningdek, lider tadbirkor ayollarga ehtiyojmand xotin-qizlarni biriktiriş orqali ularni daromad topişga örgatiş darajasini 100 mingga yetkaziş közda tutilmoqda.
Loyihada mahalliy darajada xotin-qizlar bandligini qöllab-quvvatlaş çoralari ham qayd etilgan. Jumladan, mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlaş va salomatligini mustahkamlaşga qaratilgan 3 840 ta markaz taşkil etiş rejalaştirilmoqda. Şu bilan birga, E-ijtimoiy profilaktika tizimi orqali notinç va nizoli, oilaviy ajrim yoqasidagi 91 ming oilani (har yili kamida 17–19 ming) murosaga keltiriş maqsadi ham belgilangan.
Bundan taşqari, “Ayollar daftari” tizimi orqali kambağallikdan çiqarilgan xotin-qizlar sonini 70 foizga yetkaziş orqali ehtiyojmandlik darajasini kamaytiriş közda tutilgan. Loyihada belgilangan çora-tadbirlar xotin-qizlarning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotdagi iştirokini kengaytiriş, ularning liderlik salohiyatini rivojlantiriş va gender tenglikni mustahkamlaşga qaratilgan.

















