Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuleba: Kiyev uchun qiruvchi samolyotlar - Yevropa xavfsizligiga sarmoya
Yevropada tinchlik Kiyevga qurol yetkazib berish tezligiga bog‘liq, dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Yevropa Ittifoqi kengashi yig‘ilishida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropaning uzoq muddatli xavfsizligiga yo‘naltirilgan eng yaxshi sarmoya Ukrainani zamonaviy jangovar samolyotlar bilan ta’minlash bo‘ladi va bu haqda imkon qadar tezroq qaror qabul qilish kerak.
«Ukraina nega G‘arb tipidagi zamonaviy jangovar samolyotlarni ololmasligi haqida hech qanday mantiqiy dalillar yo‘q va mening bu qaror qabul qilinishiga ishonchim komil. Ukraina Yevropaning himoyachisi hisoblanadi», - deya ta’kidladi u.
Bunday qaror bilan Yevropa davlatlari strategik yetakchilikni namoyish qilishi mumkin, dedi Kuleba Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari bilan suhbatda.
Mavzuga oid
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
21:51 / 10.07.2026
Facebook va Instagram dizayni odamni «qaramlikka» olib kelishi aniqlandi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
08:50 / 26.06.2026