Pekin Ukraina suverenitetini tan olish haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi
Pekin suverenitet masalalarida doimo xolislikni saqlab kelganini aytdi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Pekin sobiq SSSR mamlakatlari mustaqilligini tan olish bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmaganini ta’kidladi.
Xitoy hukumati XXR Ukrainani suveren davlat sifatida tan oladimi, degan savolga bevosita javob berishdan bosh tortdi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning 24 aprel, dushanba kuni Pekinda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida suverenitet masalalarida Xitoy o‘zini «xolis» tutishini aytdi.
Shu bilan birga, u Xitoyning sobiq sovet respublikalari suverenitetini tan olish masalasi bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarmaganini ta’kidladi. «Xitoy sovet ittifoqi parchalanganidan keyin sobiq sovet respublikalari va suveren davlatlarning maqomini hurmat qiladi», — dedi diplomat. Mao Ning, shuningdek, Xitoy bu davlatlar bilan birinchilardan bo‘lib diplomatik aloqalar o‘rnatganini eslatdi. Xitoyning pozitsiyasi «aniq va o‘zgarmas», dedi u.
Xitoyning Fransiyadagi elchisi Lu Shayning rezonansli bayonotlarini sharhlar ekan, Mao Ning bu janjal uchun elchi emas, balki uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning pozitsiyasini buzib ko‘rsatgan «ayrim ommaviy axborot vositalari» aybdor degan fikrni bildirdi. Ta’kidlanishicha, ular Ukraina bilan ziddiyatning kuchayishiga sabab bo‘ldi.
Avvalroq Lu Shay fransuz televideniyesiga bergan intervyusida Qrim haqidagi savolga hammasi muammoga qanday qarashga bog‘liq, deb javob bergan edi. Moderatorning Qrim xalqaro huquq normalariga ko‘ra Ukrainaga tegishli degan so‘zlariga diplomat shunday javob berdi: «Xalqaro huquqda hatto sobiq SSSR davlatlari ham haqiqiy maqomga ega emas, chunki ularni suveren davlatlar sifatida belgilovchi xalqaro shartnomalar yo‘q».
Xitoy elchisining bu so‘zlari Yevropada va ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan keyin sovet istilosi ostida qolgan Boltiqbo‘yi mamlakatlarida shov-shuvga sabab bo‘ldi. Latviya Tashqi ishlar vazirligi Xitoy Xalq Respublikasining Rigadagi muvaqqat ishlar vakilini tushuntirish uchun chaqirdi. Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Li Shae so‘zlarini keskin tanqid qildi. Bir qator Yevroparlament deputatlari Xitoyning Fransiyadagi elchisini chaqirib olishga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?
O‘zbekiston | 19:03 / 18.01.2025
“Gullayotgan” avtofiribgarlik, sohadagi kuchli proteksionizm oqibati – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 09:58 / 18.01.2025
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Isroil HAMAS bilan kelishuv matnini e’lon qildi
Jahon | 22:06 / 17.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada yashash uchun ruxsatnoma olganlarning haydovchilik guvohnomalari 1 yil amal qiladi
Jahon | 18:37
-
Britaniyada kayfiyatni yaxshilashga yordam beradigan miya implantati yaratildi
Fan-texnika | 18:29
-
Bandlik vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston | 18:24
-
Ochiqlik talablarini bajarmagani uchun 2024 yilda 5 nafar mansabdor jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 18:17
Mavzuga oid
14:53
«Ertaga televizorni tomosha qilish qiziq bo‘ladi». Tramp inauguratsiyasi arafasida chiqish qildi
09:54 / 19.01.2025
Rossiya armiyasi ballistik raketalar bilan Kiyevga zarba berdi - fotolar
21:29 / 18.01.2025
Ukrainada sobiq deputat davlatga xiyonatda ayblanmoqda
08:40 / 18.01.2025