Rossiya va Ukraina 4 may kuni öt oçişni vaqtinça töxtatmoqçi ekanini e’lon qilgandi – ammo ular öz qarorlarini kelişib ololmadi. RF mudofaa vazirligi 8-9 may kunlari «Ğalaba kuni bayrami şarafiga sulh» bölişini ma’lum qildi. Volodimir Zelenskiy esa bunga javoban Ukraina «sukunat rejimi»ni oldinroq – 6 mayga ötar keçasi boşlaşini ma’lum qildi. Harbiy harakatlar töxtatilmadi. Ukraina Rossiyani «sukunat rejimi»ni buzişda aybladi va amalda 9 may kuni sulh bölmasligini e’lon qildi. Quyida voqealar qanday rivojlangani körib çiqiladi.

29 aprel
↓
Vladimir Putin va Donald Tramp telefon orqali gaplaşdi. Kreml versiyasiga köra, RF prezidenti Ğalaba kunini nişonlaş vaqtida otaşkesim e’lon qiliş taklifini berdi. Trampning versiyasiga köra, aslida u Putinga «qisqa muddatli sulh» taklif qilgan.

30 aprel
↓
Volodimir Zelenskiy öz vakillariga Tramp jamoasi bilan boğlanişni va «gap aynan nima haqida ketayotgani»ni aniqlaşni topşirdi. Ukrainaning taklifi – «uzoq muddatli otaşkesim» edi.

30 aprel
↓
Kremldagilar Ukraina ham xuddi şunday yöl tutişga rozi böliş-bölmasligidan qat’i nazar Rossiya Ğalaba kuni öt oçişni töxtatmoqçi ekanini ma’lum qildi.

4 may
↓
Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida Putinning qarori bilan Rossiya ikki kun – 8 va 9 may kunlari davom etadigan sulh e’lon qilayotgani aytilgan. Vazirlik agar Ukraina Ğalaba kuni bayramini buzişga harakat qilsa, Rossiya qöşinlari «Kiyev markaziga raketalar bilan yopirilma zarba berişi» ta’kidlangan.

4 may
↓
Zelenskiy 6 mayga ötar keçasi boşlanadigan «sukunat rejimi» e’lon qildi. «Körsatilgan vaqtdan boşlab bir xilda harakat qilamiz», – degan Ukraina prezidenti. Moskvadagilar bunga heç qanday munosabat bildirmadi.

6 may
↓
Zelenskiy tomonidan e’lon qilingan «sukunat rejimi» kuçga kirdi. Ukraina qurolli kuçlari Rossiya Ukrainaga uçta raketa va 108 ta zarbdor dron bilan hujum qilganini ma’lum qildi. Kiyev Moskvani «sukunat rejimi»ni buzişda aybladi. Öz navbatida, RF mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa kuçlari tunda Rossiya regionlari va Qora dengiz akvatoriyasida ukrainlarning 53 ta droni hujumini qaytargani töğrisida hisobot berdi.