Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolarni harbiy ro‘yxatga kiritish va undan chiqarish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi
Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston fuqarolarini harbiy ro‘yxatga kiritish va undan chiqarish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
O‘zbekiston fuqarolariga davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali harbiy ro‘yxatga kiritish va undan chiqarish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston fuqarolarini harbiy ro‘yxatga kiritish va undan chiqarish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanadi.
Belgilanishicha, O‘zbekiston fuqarolari harbiy ro‘yxatga kirishi va undan chiqishi bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun faqat davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali murojaat qiladi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda boshqa davlat organlari bilan birgalikda mudofaa ishlari organlarining tegishli axborot tizimlarini YaIDXP bilan o‘zaro integratsiya qilinishini ta’minlaydi.
Adliya vazirligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan jismoniy shaxslarga davlat xizmati ko‘rsatishning belgilangan tartibiga rioya etilishi bo‘yicha ularning faoliyati yuzasidan, jumladan, YaIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatadi;
davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolar qo‘llaydi.
Mavzuga oid
15:35 / 09.06.2026
Mudofaa bo‘limlarida tibbiy komissiyalar tugatilib, maoshlar oshiriladi
15:20 / 09.06.2026
Harbiy havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etildi
12:18 / 23.05.2026
O‘zbekiston va Qatar harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi
20:16 / 12.05.2026