Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mansabdorlar ustidan ma’muriy sudga murojaatlar bo‘yicha davlat boji pasaytiriladi
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish kiritish haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonun ilovasi bilan tasdiqlangan davlat boji stavkalarining miqdorlariga qo‘shimcha kiritilmoqda.
Xususan, davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan arizalar (shikoyatlar) bo‘yicha fuqarolar tomonidan sudlarga murojaat qilinganda BMH 70 foizi miqdorida davlat boji to‘lashi nazarda tutilmoqda.
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonun bilan fuqarolar tomonidan davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga arizalar (shikoyatlar) berilgan taqdirda, davlat bojini belgilangan stavkasining 50 foizi miqdorida to‘lashi belgilangan.
Endilikda ushbu qonun loyihasi bilan fuqarolarga davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlar, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ular mansabdor shaxslari qaror va harakatlari (harakatsizligi) ustidan ma’muriy sudlarga beriladigan murojaatlari barchasi bo‘yicha davlat boji pasaytirilmoqda.
Mavzuga oid
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
23:10 / 25.05.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 12 barobar oshirilishi kutilmoqda
19:43 / 18.05.2026