Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ucell va «O‘ztransgaz» hamkorlikda ishlaydi. Tomonlar o‘rtasida bu bo‘yicha kelishuv ham imzolandi
Shu kunlarda «UzExpoCenter» ko‘rgazmalar markazida «INNOPROM. Markaziy Osiyo» Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘rgazma doirasida «COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) va «O‘ztransgaz» AJ o‘rtasida maqsadlar to‘g‘risida kelishuv imzolanishi tadbirning muhim voqealaridan biri bo‘ldi.
Qayd etilishicha, mazkur kelishuv kelgusidagi ikki tomonlama manfaatli hamkorlik uchun qulay shart-sharoit yaratish hamda transport tarmoqlari va telekommunikatsiya infratuzilmasini foydalanishga topshirish va rivojlantirish bilan bog‘liq kapital hamda operatsion xarajatlarni muvofiqlashtirishni ko‘zda tutadi.
«Biz imkoniyatlarimizni kengaytirishni davom etgan holda O‘zbekiston Respublikasi raqamli iqtisodiyotini rivojlantirishga sarmoya kiritmoqdamiz. Bugun «O‘ztransgaz» AJ bilan imzolanayotgan kelishuv ikkala tomon uchun ham birgalikda umumiy maqsad yo‘lida muvaffaqiyatli ishlash, biznesni rivojlantirish, tizimli xarajatlarni kamaytirish, ma’lumotlar almashishda xavfsizlikni ta’minlash va mamlakatning har bir fuqarosiga foyda keltirish imkonini beradi», deydi «COSCOM» MChJ Bosh direktori Andrey Shishkovskiy.
Shuningdek, «O‘ztransgaz» AJ vakili Ahadjon Isoqjonov ham o‘zaro hamkorlikning ahamiyati haqida gapirar ekan, Ucell kompaniyasi bilan O‘zbekistondagi iste’molchilarga telekommunikatsion ta’minot ustida ish olib borilishini ma’lum qildi.
Ma’lumot o‘rnida, «COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) hozirda jami 8,1 mln. abonentga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 2022 yilda kompaniya aloqa sifatini yaxshilash uchun 111,5 mln. dollar mablag‘ ajratgan va O‘zbekistonda 5G standartini tijoriy foydalanish maqsadida joriy qilgan aloqa operatoriga aylangan edi.
Reklama
Mavzuga oid
11:00 / 02.10.2025
Ucell "Sovrin Bor" keng ko‘lamli aksiyasini boshlaydi - bosh sovrin BYD avtomobili
15:00 / 25.08.2025
Toshkent metropoliteni tunnellarida barqaror aloqa
16:59 / 18.04.2025
Ucell mobil abonentlar soni bo‘yicha 10 millionlik marradan o‘tdi
09:00 / 19.09.2024