00:56 / 27.04.2023
21004

Andijonda yo‘l ta’mirlayotgan ishchilarni mashina urib yubordi

Kechki payt sodir bo‘lgan avtohalokat oqibatida bir ishchi hayotdan ko‘z yumdi.

25 aprel kuni Andijon viloyati, Baliqchi tumanida tunda yo‘l ta’mirlayotgan ishchilarni mashina urib yuborgan. Oqibatda bir ishchi og‘ir jarohat olgan, yana biri shifoxonada vafot etgan.

Qayd qilinishicha, «Farg‘ona halqa» avtomobil yo‘lining 109-kilometrida 54-yo‘l bo‘limi ishchi xodimlari joriy ta’mirlash ishlarini olib borayotgan vaqtda, soat 20:30 larda VAZ-2101 avtomashinasi yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan.

Oqibatda 2 nafar ishchi og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yetkazilgan. Ulardan biri vafot etgan, ikkinchi shifokorlar nazorati ostida davolanmoqda.

Xabar berilishicha, ta’mirlash ishlari Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 31 dekabrdagi 352-sonli qarorining 6-bo‘lim 22-23-24-bandlarida belgilangan tartibda hamda Baliqchi tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasining jamoa shartnomasi asosida olib borilgan.

VAZ-2101 avtomobilini boshqargan haydovchi Jartepa mahallasida yashayotgani va spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgani aytilmoqda.

Mavzuga oid
Top