Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston prezidenti maxsus vakili Britaniya maxsus vakili bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev hamda Buyuk Britaniya bosh vazirining Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Endi Makkubri o‘rtasida video-konferens-aloqa shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida mintaqaviy xavfsizlik masalalari, jumladan, Afg‘onistondagi bugungi vaziyat, shuningdek, ushbu mamlakatdagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar muhokama qilindi.
Afg‘oniston yangi hukumati xalqaro hamjamiyatning asosiy talablarini bajarish, ayniqsa, ayollar va qizlarning mehnat va ta’lim olish huquqlarini ta’minlashi zarurligi qayd etildi.
Endi Makkubri O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha yaxlit mintaqaviy pozitsiyani shakllantirish, mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik o‘rnatish, afg‘on xalqiga humanitar yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Shuningdek, O‘zbekiston rahbariyatining BMT shafeligida Xalqaro muzokaralar guruhini tuzish tashabbusini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
14:30
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 600 kg narkotik modda to‘xtatib qolindi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
12:23 / 02.05.2026
Avstriya afg‘on muhojirlarini O‘zbekiston orqali deportatsiya qilishni rejalashtiryapti
11:34 / 28.04.2026