Jahon | 23:41 / 28.04.2023
11469
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Ukrainaga yadroviy portlashlarni aniqlaydigan uskunalarni beradi - OAV 

Bu Rossiyani «Ukrainada yadro qurolidan xufyona foydalanish imkoniyatidan» mahrum qiladi. 

Foto: Getty Images

AQSh Federal milliy yadro xavfsizligi boshqarmasi Ukrainaga yadro quroli yoki iflos bomba portlashidan tarqaladigan radiatsiyani aniqlay oladigan uskunalarni sovg‘a qiladi. Ular hujumni kim amalga oshirganini ham tasdiqlashi mumkin. 

The New York Times gazetasining yozishicha, bu haqdagi qaror agar Rossiya Ukrainada yadro qurolidan foydalansa, uning izini aniqlash va Kremlning aybini isbotlash uchun qabul qilingan. 

AQSh Federal milliy yadro xavfsizligi boshqarmasining ta’kidlashicha, uskunalar «butun mintaqa bo‘ylab» o‘rnatiladi va ular «har qanday yadroviy portlash hajmi, joylashuvi va oqibatlarini tavsiflash» imkoniyatiga ega. Natijada, bu Rossiyani «Ukrainada yadro qurolidan xufyona foydalanish imkoniyatidan» mahrum qiladi. 

Rossiya yadro qurolidan foydalanish bilan dunyoga tahdid qilishda davom etmoqda. Xususan, Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev Qrimni deokkupatsiya qilish «qizil chiziq» ekani haqida Ukrainani ogohlantirdi. 

Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov so‘zlariga ko‘ra, Qrimni ozod qilinishi bosqinchilar uchun og‘riqli bo‘ladi, ammo dushman yadro qurolidan foydalanmaydi. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid