BMT Xavfsizlik kengashi toliblarni ayollarga nisbatan kamsitishni to‘xtatishga chaqirdi
Toliblar ayollarning Afg‘oniston hayotida teng va oqilona ishtirokini ta’minlashi kerak, deyiladi BMT rezolyutsiyasida. Hujjat Yaponiya va Birlashgan Arab Amirliklari tashabbusi bilan bir ovozdan qabul qilindi.
BMT Xavfsizlik kengashi bir ovozdan qabul qilingan rezolyutsiyada “Tolibon” harakatini ayollarga nisbatan dushmanona siyosatini to‘xtatishga chaqirdi. 27 aprel, payshanba kuni kechqurun Yaponiya va Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan ilgari surilgan rezolyutsiya loyihasini jahon tashkiloti Xavfsizlik kengashiga a’zo 15 davlatning barchasi qo‘llab-quvvatladi.
Hujjatda ta’kidlanishicha, toliblar ayollarning asosiy huquqlarini cheklashdan zudlik bilan voz kechishi va Afg‘onistondagi ayollar va qizlarning “mamlakat hayotida cheklovsiz, teng, oqilona va xavfsiz ishtirok etishini” ta’minlashi kerak. BMT Xavfsizlik kengashi, shuningdek, afg‘on ayollarining BMT bilan ishlashini taqiqlash haqidagi qarorni qoraladi.
BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi qonuniy kuchga ega bo‘lishiga qaramay, ekspertlar toliblar o‘z siyosatini o‘zgartirishini kutmayapti.
Aprel oyi boshida jahon tashkiloti Afg‘onistonda hukmronlik qilayotgan “Tolibon” harakati qaroriga ko‘ra, afg‘on ayollari endi BMTda ishlash huquqiga ega emasligini ma’lum qilgan edi. Ayollarning nodavlat tashkilotlarda ishlashini taqiqlash dekabr oyidan boshlab amal qilyapti. Istisno faqat sog‘liqni saqlash, ta’lim va oziq-ovqat uchun mavjud edi. Bu taqiqlar jahon hamjamiyatida keskin salbiy reaksiyalarga sabab bo‘ldi.
Mavzuga oid
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
14:10 / 05.11.2024