Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi
Sinoptiklar 1-3 may kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 1-2 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 1 mayda kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +29...+34 daraja, 2 mayda kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +27...+32 daraja, 3 mayda kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 1-2 mayda kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +30...+35 daraja, 3 mayda kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +27...+32 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1 may kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +28...+33 daraja, 2-3 mayda kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-2 mayda kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +32...+37 daraja, 3 mayda kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 1 mayda kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +28...+33 daraja, 2-3 mayda kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +26...+31 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +18...+23 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:27
14 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:45 / 11.11.2024
Hafta o‘rtalarida O‘zbekistonda kechasi havo harorati noldan pastga tushadi
12:21 / 11.11.2024