Jahon | 11:46 / 29.04.2023
4745
2 daqiqa o‘qiladi

Moldova Yevropa Ittifoqining fuqarolik himoyasi mexanizmiga qo‘shiladi

Bryussel Kishinyov uchun inqiroz va favqulodda vaziyatlarda bo‘lgan mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yevropa Ittifoqi mexanizmiga qo‘shilish uchun yo‘l xaritasini e’lon qildi. Moldova bir necha oy ichida uning to‘liq a’zosi bo‘lishi mumkin.

Foto: privesc.eu

Moldova Yevropa Ittifoqining fuqarolik himoyasi mexanizmiga qo‘shilish bo‘yicha yo‘l xaritasini oldi. Tegishli hujjatni 28 aprel, juma kuni Kishinyovda ichki ishlar vaziri Anna Revenkoga inqirozlarni boshqarish bo‘yicha Yevropa komissari Yanez Lenarchich taqdim etdi. “Ushbu mexanizmning ishtirokchisi bo‘lgan davlatga aylangan Moldova favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlarga samarali javob berish qobiliyatini mustahkamlaydi, shuningdek, YeIning ko‘magi va birdamligini oladi”, - dedi Lenarchich.

Yevropa komissari Moldova bir necha oy ichida ushbu mexanizmning to‘laqonli a’zosi bo‘la olishiga umid bildirdi. Bunday huquq unga Yevropa Ittifoqiga kirish uchun nomzod maqomini beradi.

Yevropa Ittifoqining fuqarolik himoyasi mexanizmi inqiroz va tabiiy ofatlar davrida Yevropa davlatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan. Moldova bundan Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosli bostirib kirishi oqibatida kelib chiqqan qochqinlar oqimiga qarshi kurashish uchun foydalangan. Kishinyov ushbu mexanizmga rasman qo‘shilgach, boshqa muhtoj davlatlarga yordam taklif qila oladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid