Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sevastopoldagi yirik yong‘in va Avdiyivkadagi jangchilar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 430-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar
- Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyevdagi matbuot anjumani vaqtida skandinaviyalik jurnalistlarga urush yillab va hatto o‘n yillab davom etishi mumkinligini istisno etmadi. U Ukrainaga qiruvchi samolyotlar berilishi ularning ishlab chiqaruvchisi bo‘lmish AQShning ruxsati kerakligi, ammo bu mamlakat Ukrainaga bunday samolyotlar yetkazib berishni ma’qullamaganini aytdi.
- Sevastopol portiga dronlar hujumi tufayli neft bazada yong‘in chiqdi.
- RF mudofaa vazirligi elektron chaqiruv qog‘ozlari bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqdi. U avgust oyidan kuchga kirishi kutilmoqda.
- Polsha Varshavadagi maktab binosini RF elchixonasidan olib qo‘ydi.
- Uman shahrida raketa zarbasidan keyin olib borilgan qutqaruv ishlari yakunlandi. Jami 23 kishi halok bo‘lgan, shundan olti nafari bolalar.
Kun kadri. Sevastopol neft bazasidagi yong‘in
Reuters / Scanpix / LETA
Umandagi uyga zarba oqibatlari
Cherkass oblastining Uman shahrida, 28 aprelga o‘tar kechasi Rossiya armiyasining raketa zarbasiga uchragan ko‘p qavatli uy hududida qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi. Ukraina ichki ishlar vaziri Igor Klimenkoning ma’lumotiga ko‘ra, zarba oqibatida 9 qavatli uyning 109 kishi yashagan pod’yezdida kvartiralarning yarmi to‘liq vayron bo‘lgan, 23 kishi halok bo‘lgan, jumladan olti nafar bola — ularning uch nafari o‘g‘il bolalar (bir yarim, 16 va 17 yoshlarda) va uch nafari qiz bolalar (8, 11 va 14 yoshlarda). Shuningdek xarobalar ostidan 17 kishini qutqarib olishga muvaffaq bo‘lingan. Yana ikki ayol bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Roman Pilipey / Getty Images
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA
Avdiyivka yaqinidagi ukrain harbiylari
Donetsk oblastining Avdiyivka shahri urushda so‘nggi oylardagi eng qaynoq nuqtalardan biri bo‘lib qolmoqda. Rossiya qo‘shini Ukraina qurolli kuchlari nazoratida qolayotgan shaharni egallash uchun yurishni davom ettirmoqda. Ukraina QK bosh shtabi ma’lumotiga ko‘ra, RF QK Avdiyivkaga 29 aprel kuni ham hujum uyushtirgan, ammo bu urinish muvaffaqiyat keltirmagan. RF mudofaa vazirligi ma’lumotlarida bu shahar uchun janglar oxirgi bor 27 aprel kuni tilga olingandi: o‘shanda vazirlik «Xerson oblastining Cherkess, Donetsk xalq respublikasining Avdiyivka va Serebryanka aholi yashash manzillarida Ukrainaning «Janub» maxsus amaliyotlar kuchlari bo‘linmalari, Ukraina QKning 110-mexanizatsiyalashgan va 58-motopiyodalar brigadalari qo‘mondonlik-kuzatuv punktlari nishonga olingani» haqida ma’lum qilgandi.
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Donetsk oblasti o‘qqa tutilishi oqibatlari
So‘nggi kunlarda Rossiya tomonidan yo‘llangan raketa zarbalaridan Ukrainaning turli regionlaridagi boshqa ko‘plab aholi yashash manzillari ham jabrlanmoqda. Bunday hududlardan biri Donetsk oblastidagi shahar tipidagi Malotaranovka posyolkasi bo‘ldi. Bu posyolka nomi urushayotgan tomonlarning svodkasida so‘nggi bor 2022 yil yozida ko‘rinish bergandi, o‘shanda RF mudofaa vazirligi posyolkada HIMARS baravar o‘t ochish reaktiv tizimi va uning uchun snaryadlar yo‘q qilingani haqida xabar bergandi. Ammo Ukraina tomoni bunga javoban bu vaqtda Malotaranovkada amerikaliklar tizimi bo‘lmaganini bildirgandi. RF qurolli kuchlarining 2023 yil aprel oyi oxiridagi navbatdagi zarbasi posyolkadagi bir qancha turar joylarni vayron qildi.
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Raketa zarbalaridan frontning boshqa tomonidagi aholi yashash manzillari ham jabr ko‘rmoqda. Xususan, anneksiya qilingan «DXR» rahbari Denis Pushilin ma’lum qilishicha, ukrain harbiylari Donetsk shahrining markaziy rayonlarini o‘qqa tutgan. Shaharning Rossiya tomonidan tayinlangan meri Aleksey Kulemzinga ko‘ra, snaryadlardan biri yo‘nalishdagi avtobusga kelib urilgan, u to‘liq yonib ketgan, natijada yetti kishi, jumladan bir bola halok bo‘lgan. Pushilinning aytishicha, yana to‘qqiz kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan. Ukraina QK bu zarbalar yuzasidan rasman izoh bermadi. Ukrain nashrlari ilgari surgan versiyaga ko‘ra, rossiyaliklar Uman va Ukrainaning boshqa shaharlariga hujumlardan e’tiborni chalg‘itish uchun o‘z nazoratidagi shaharni o‘zlari o‘qqa tutishgan.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
22:31 / 16.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga «dahshatli qish» bilan tahdid qildi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
19:49 / 16.06.2026
Ukraina dronlari yana Moskvaga hujum qildi
10:45 / 16.06.2026