Jahon | 19:06 / 01.05.2023
4638
2 daqiqa o‘qiladi

Gabriyel Garsia Markesning ilgari nashr etilmagan romani 2024 yilda chiqadi

Adabiy doiralarda mashhur muallifning boshqa noma’lum asarlari ham borligi taxmin qilinmoqda.

Foto: AP

2024 yilning bahorida kolumbiyalik yozuvchi, adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Gabriyel Garsia Markesning ilgari nashr etilmagan romani sotuvga chiqadi. U «Avgustda ko‘rishamiz» deb nomlanadi.

Roman mashhur yozuvchining vafotining o‘n yilligi munosabati bilan oilasi tomonidan chiqariladi. Bu haqda The Guardian yozdi.

Markes arxivida nashr etilmagan boshqa asarlar ham bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. «Avgustda ko‘rishamiz» romani qo‘lyozma shaklida Amerikaning Texas universitetida saqlanmoqda. Muallif uni oxiriga yetkazmagan.

Avvaliga yozuvchining farzandlari tugallanmagan romanni nashr qilishni istamagan, ammo keyinchalik fikrini o‘zgartirgan. Kitob asl ispan tilida nashr etiladi va dastlab Janubiy Amerikadagi do‘konlarda paydo bo‘ladi.

Gabriyel Garsia Markes «Yolg‘izlikning yuz yili» romani bilan mashhur. U ispan tilida eng ko‘p o‘qiladigan va tarjima qilingan muallif hisoblanadi. Yozuvchi 2014 yilda vafot etgan.

Mavzuga oid