22:01 / 04.04.2024
7695

Bolalar shoiri va yozuvchisi Raim Farhodiy vafot etdi

Adib bolalar uchun 50 dan ortiq she’riy va nasriy kitoblar yozgan. O‘zbek bolalar she’riyatidan asarlarni, Navoiy, Bobur g‘azallarini rus tiliga tarjima qilgan. 

Taniqli bolalar shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, «Buloqcha» jurnali bosh muharriri Raim Farhodiy 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi. 

Raim Farhodiy 1942 yil 16 may kuni Samarqand shahrida tug‘ilgan. 1955 yili Samarqand tibbiyot institutini, 1971 yili Maksim Gorkiy nomidagi adabiyot institutini tamomlagan. 

Raim Farhodiy 1967 yildan boshlab Yoshlar tashkiloti lektori, «Zvezda Vostoka» jurnali she’riyat bo‘limi mudiri, G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti bosh muharrir o‘rinbosari, «Xalq so‘zi», «Narodnoye slovo» gazetalari madaniyat bo‘limi muharriri, Yozuvchilar uyushmasi Rusiyzabon adabiyot kengashi raisi, «Buloqcha» («Rodnichok») bolalar jurnali bosh muharriri sifatida ishlagan. 

Raim Farhodiy bolalar uchun 50 dan ortiq she’riy va nasriy kitoblar yozgan. O‘zbek bolalar she’riyatidan asarlarni, Navoiy, Bobur g‘azallarini rus tiliga tarjima qilgan. 

1989 yil «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni, 1999 yil «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.

Mavzuga oid
Top