Britaniyalik yozuvçi Samanta Harvi «Orbitada» (Orbital) romani uçun 2024 yilgi Buker mukofoti sovrindori böldi. Bu haqda mukofotning rasmiy sayti xabar berdi.
Harvi mukofotni 2019 yildan beri qölga kiritgan birinçi ayol böldi. Şuningdek, tarixda birinçi marta koinotdagi hayotni tasvirlovçi roman ğoliblikni qölga kiritdi. Kitob hajmi atigi 136 sahifani taşkil etadi. Ğalaba uçun Samanta Harvi 50 ming funt sterling (≈ 840 mln söm) oladi.
Roman voqealari Xalqaro kosmik stansiyada bölib ötadi. AQŞ, Rossiya, Italiya, Yaponiya va Buyuk Britaniyadan olti nafar astronavt hayotiy işlarni bajaradi va Yerni uzoqdan kuzatadi. Vaqt ötişi bilan ular Yersiz hayot qanday bölişi va insoniyatsiz sayyora nimani anglatişi haqida öylay boşlaydi. Kosmonavtlar öz qörquvlari va orzularini muhokama qilişadi va moviy sayyoraning muhim qismi - uning himoyaçilaridek his qilişadi.
Ötgan yili Buker mukofoti irlandiyalik Pol Linçga «Payğambar qöşiği» romani uçun berilgan edi. Kitob öz mamlakati hukumati zulm va faşizm tomon ketayotgan bir paytda oilasini saqlab qolişga urinayotgan ayol hayotini hikoya qiladi.
Buker mukofoti ingliz adabiyoti olamidagi eng nufuzli sovrinlardan biridir. Mukofot birinçi marta 1969 yilda topşirilgan. 2013 yilgaça u Hamdöstlik davlatlaridan biri Irlandiya yoki Zimbabveda yaşovçi muallifga ingliz tilida yozilgan romani uçun berilgan. 2014 yilgi mavsumdan boşlab mukofot muallifning millatidan qat’i nazar, ingliz tilida yozilgan roman uçun beriladi.

















