Özbekistonda 30 aprel kuni ötkazilgan referendumda 8-Sirdaryo viloyati okrugidagi 226-son, 10-Toşkent viloyati okrugidagi 651-son va 14-Toşkent şahar okrugi 772-son referendum uçastkalarida qoidabuzarliklar aniqlandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining majlisida ma’lum qilindi.
Majlisda MSK kotibi Xudoyor Mamatov qonunbuzarlik holatlari böyiça ma’lumot berdi. Xususan, Markaziy saylov komissiyasining onlayn monitoring tizimi orqali quyidagi kamçiliklar aniqlangan.
Birinçisi, Sirdaryo viloyatidagi 226-sonli referendum uçastkasida soat 19:30 larda komissiya a’zolari tomonidan byulletenlar ovoz beriş qutisiga taşlanayotgani holati kuzatilgan. Uşbu uçastkada 2671 nafar ovoz beruvçi fuqaro röyxatdan ötkazilgan.
Ikkinçisi, Toşkent viloyatidagi 651-sonli referendum uçastkasida komissiya a’zolari tomonidan ovoz beruvçi fuqaroga byulletenlar işlatib bölingani ma’lum qilingan. Saylov jarayonini boşqarişning axborot tizimi (SJBAT) orqali örganilganda uşbu uçastka böyiça soat 18:00 holatiga ovoz beruvçilarning iştiroki 100 foizni taşkil etgani qayd etilgan. Vaholanki, uşbu uçastka böyiça ovoz beriş yakunlari haqida tuzilgan bayonnomada foydalanilmagan byulletenlar soni 646 tani taşkil etgan.
Uçinçisi, Toşkent şahridagi 772-sonli referendum uçastkasi komissiya a’zosi 16 ta byulletendagi «Ha» variantiga belgi qöyayotgan video tarqaldi. Örganiş davomida komissiya a’zosi bölgan fuqaro byulletenlarni qarindoşlarining nomidan töldirayotgani haqida vaj keltirib ötgan.
«Özbekiston Respublikasining referendumi töğrisida»gi qonunning 38-moddasiga binoan, ovoz beriş çoğida yöl qöyilib, oqibat natijada ovoz beriş yakunlariga ta’sir qilgan qoidabuzarlik tufayli ovoz beriş yakunlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ayrim uçastkalar böyiça haqiqiy emas deb topilişi mumkin hamda ular böyiça ovoz beriş natijalari umumiy natijalardan çiqarib taşlanişi lozim», dedi Xudoyor Mamatov.
Uning qayd etişiça, yuqoridagi qoidabuzarliklar quyidagi asoslarga köra uşbu uçastkalardagi ovoz beriş natijalari haqiqiy emas deb topiş uçun asos böla oladi:
- Qoidabuzarliklar ovoz beriş çoğida amalga oşirilgani tufayli ularni bartaraf etiş imkoni mavjud emas;
- Çirçiq şahridagi holat böyiça byulletenlarni asoslanmagan tarzda sarf qilingani va Sirdaryo tumanidagi holatda esa byulletenlarni ovoz beriş qutisiga komissiya a’zolari tomonidan oçiqçasiga taşlaş közga taşlanib turgani;













