Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda sodir bo‘lgan ikkita YTHda 6 kishi halok bo‘ldi
Har ikki holatda ham YTH sodir etgan mashinalar yonib ketgan.
Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-87 Qarshi-Yettitom avtomobil yo‘lida 13 kun ichida ikkita ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan va ularda 6 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2023 yil 10 aprel kuni soat 5:00 larda Cobalt mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Shundan so‘ng mashina qarama-qarshi tomonga chiqib ketib, ro‘paradan kelayotgan Spark mashinasi bilan to‘qnashgan.
Oqibatda yong‘in sodir bo‘lib, har ikki mashina yonib ketgan va ularning haydovchilari hamda yana ikki nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib, halok bo‘lgan.
Oradan ikki hafta o‘tib, 2023 yil 23 aprel kuni soat 4:40 larda Lacetti mashinasi o‘z yo‘nalishida harayeatlanayotib, haydovchi oraliq masofani saqlamagan. Mashina o‘zidan oldinda ketayotgan yuk mashinasining orqa tomoniga borib urilib, yonib ketgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida Lacetti haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:00 / 16.05.2026
Chilonzorda Tracker piyodani urib yubordi
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
16:48 / 15.05.2026