Jahon | 15:20 / 02.05.2023
17772
7 daqiqa o‘qiladi

Pavlogradga yo‘llangan zarba oqibatlari va Avdiyivka atrofidagi jangchilar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 432-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • 1 mayga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Ukraina hududlari bo‘ylab 18 ta raketa uchirdi. Bu haqda Ukraina QK bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy xabar bergan. Dnipropetrovsk oblastida tinch aholi vakillaridan ikki kishi halok bo‘lib, 40 kishi yaralangan.
  • Bryansk oblastida temiryo‘lda portlash sodir bo‘lishi oqibatida neft mahsulotlari va yog‘och ortilgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi. Jabrlanganlar yo‘q, region rasmiylari «Qo‘lga olish» rejasi haqida e’lon qilgan. Anarxiyachi telegram-kanallar bu hodisani «rels partizanlarining ulkan muvaffaqiyati» deb atagan.
  • Leningrad oblastida noma’lum shaxslar elektr uzatish liniyasi ustunini portlatib yuborishdi, bu liniya AES faoliyatini ta’minlagan va oblastning yarim million aholi yashovchi to‘rt rayoniga elektr yetkazib bergan. FXX va IIV qo‘poruvchilik va portlovchi qurilmalarning noqonuniy savdosi bo‘yicha (RF JK 281 va 222.1 moddalari) jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
  • Peterburg, Yekaterinburg, Qozon va Rossiyaning boshqa shaharlarida urushga qarshi aksiyalar bo‘lib o‘tdi. Novosibirskdagi mitingga 50 nafarga yaqin kishi chiqqan. Politsiyachilar butun Rossiya bo‘ylab kamida besh nafar namoyishchini qo‘lga olgan. Qo‘lga olinganlardan biriga nisbatan Rossiya armiyasini «takroran obro‘sizlantirish» bo‘yicha protokol tuzilgan.

Pavlogradga zarba oqibatlari

1 mayga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Pavlograd shahriga zarba berdi — Dnipropetrovsk oblasti tarkibiga kiruvchi bu shahar Dnipro shahridan taxminan 70 kilometr sharqda joylashgan. Prezident Volodimir Zelenskiy navbatdagi videomurojaatida xabar berishicha, bu hujum oqibatida ikki yigit halok bo‘lib, tinch aholi vakillaridan yana qirq kishi yaralangan. Ukraina FVDX ma’lumotiga ko‘ra, yuzdan ortiq ko‘p kvartirali va xususiy uylar, to‘qqizta o‘quv binosi hamda beshta do‘kon shikastlangan.

Bundan tashqari, snaryadlardan biri kimyoviy zavodga kelib tushgan, bu yerda muddati o‘tgan raketa yonilg‘isi saqlangan. GeoConfirmed OSINT-loyihasi ekspertlari zarbadan keyingi portlash Dnipropetrovsk va qo‘shni to‘rt oblastda ekologik halokat keltirib chiqarishi mumkinligini aytgandi. Ammo Pavlograd hukumati tasdiqlashicha, shaharda kimyoviy xavf yo‘q.

RF mudofaa vazirligi 1 mayga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini «Ukrainaning harbiy-sanoat kompleksi  obektlariga» zarbalar berib, «Ukraina qo‘shinlari uchun o‘q-dori, qurollar va harbiy texnikalar ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati to‘xtatilgani» haqida ma’lum qilgan.

Pavlogradda xususiy sektorga berilgan raketa zarbasi oqibatlarini ko‘zdan kechirayotgan politsiyachilar
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Raketa zarbasidan yakson bo‘lgan avtomobil
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Pavlogradda yashovchi 61 yoshli Olga Litvinenko o‘z uyi derazasidan zarba oqibatlarini kuzatmoqda
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Pavlogradda yashovchi ayol rossiyaliklar zarbasidan keyin o‘z uyini tozalamoqda
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Pavlogradda yashovchi 60 yoshli Sergey Litvinenko raketa zarbasidan vayron bo‘lgan uyi hovlisida
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Avdiyivka atrofidagi ukrain harbiylari

Avdiyivka — Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Donetsk shahridan shimolda joylashgan bo‘lib, 2014 yildan buyon front chizig‘i shahar chekkasidan o‘tadi. Avdiyivka Ukraina QK nazoratida qolmoqda, shahar muntazam ravishda Rossiya qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutiladi. Shu tufayli maxsus texnikali qutqaruvchilar xarobalarni tozalash uchun Avdiyivkaga kela olmaydi: shahar harbiy ma’muriyati rahbari Vitaliy Barabashga ko‘ra, 28 aprel kuni besh qavatli uy xarobalari ostida 81 yoshli ayol, 30 aprel kuni esa — 61 yoshli erkak qolib ketgan. Hozirga qadar ularni qutqarishning imkoni bo‘lmagan. «Afsuski, birinchi holatda ham, ikkinchisida ham hayot nishonalari ko‘rinmayapti», — degan Barabash. Rossiya tomoni Avdiyivkaga 28 va 30 aprel kunlari yo‘llangan zarbalar yuzasidan izoh bermagan.

Quyida Ukraina qurolli kuchlarining shahar atrofidagi pozitsiyalari aks etgan suratlar.

Ukraina harbiy vertolyot mamlakat qurolli kuchlarining Avdiyivka atrofidagi pozitsiyasi ustidan uchmoqda
Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Frontning turli nuqtalaridan suratlar

Leningrad oblastida elektr uzatish liniyasi portlatilishi

Gatchinskiy rayoni Susaninskiy posyolkasida elektr uzatish liniyasi portlatilishi oqibatlari. «Aholi yashash punktlari va fuqarolik infratuzilmalari elektr ta’minoti uzilib qolmagan — tarmoq podstansiya tomonidan avtomatik rejimga o‘tkazildi», — deya qayd etgan Leningrad oblasti gubernatori Aleksandr Drozdenko. Keyinroq u portlovchi moddalar bo‘yicha mutaxassislar ikkinchi elektr uzatish liniyasi ustuniga o‘rnatilgan portlovchi zaryadlarni olib tashlagani haqida xabar berdi. FXX va IIV portlash qo‘poruvchilik harakati oqibati bo‘lgani va RF JKning 281- (diversiya) va 222.1- (portlovchi qurilmalarning noqonuniy savdosi) moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar berdi.
Rosgvardiya Shimoliy-g‘arbiy okrugi matbuot xizmati
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid